Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
AQShning eng yirik raqibi bo‘lmish Xitoy Donald Trampning tarif urushiga AQSh tovarlarini Xitoyga yetkazib berishga xuddi shu kabi bojlar joriy etish bilan javob qaytardi.

Foto: Reuters
Tramp 2 aprel kuni butun dunyoga savdo urushi e’lon qilganida AQShga Xitoy importiga 34 foizlik qo‘shimcha bojlar kiritgandi. Prezident bojlar kuchga kirishini bir haftaga kechiktirdi va barcha mamlakatlarga muzokaralar olib borishni taklif qilib, «fenomenal» yon bosganlarga yengillik bo‘lishiga va’da berdi.
Xitoy Trampning hujumini qoraladi va boshqa mamlakatlarni jahon savdosi erkinligini himoya qilishga chaqirdi. Oradan ikki kun o‘tib, juma kuni Xitoy moliya vazirligi xuddi shu miqdorda – 34 foizlik qo‘shimcha bojlar kiritayotganini e’lon qildi.
Xitoy bir vaqtning o‘zida Jahon savdo tashkilotiga shikoyat qildi, biroq unda nizolarni hal qilish mexanizmi ko‘p yillardan beri ishlamayapti, chunki AQSh JSTni Xitoy ekspansiyasining o‘tkazgichi deb hisoblaydi va apellyatsiya organi ishini to‘xtatib qo‘ygan.
Xitoy Trampning tariflar siyosatining asosiy obektidir, chunki bu Amerikaga tovar eksport qiluvchi yetakchi davlatdir. AQSh Xitoy bilan ulkan savdo taqchilligiga ega va Tramp birinchi prezidentlik muddatidayoq asosiy iqtisodiy va harbiy raqibi bilan savdo urushini olib borgandi.
Birinchi urush katta muvaffaqiyat keltirmadi va Tramp 2025 yil yanvar oyida Oq uyga qaytishi bilanoq ikkinchisini boshladi. U yangi bojlarni joriy qildi va 2 aprelda e’lon qilingan qo‘shimchalardan so‘ng, Xitoy tovarlarini AQShga olib kirish uchun umumiy soliq 54 foizgacha oshadi.
Bundan tashqari, 2 may kuni Tramp Xitoy tovarlariga yangi zarba berishni rejalashtirgan.
Shu sanadan boshlab u internet-do‘konlar uchun AQShga soliqlar va bojxona tekshiruvlarisiz 800 dollardan arzonroq paketlarni jo‘natish imkonini beruvchi istisnoni bekor qiladi. O‘tgan yilning o‘zida amerikaliklar 1,5 milliardga yaqin shunday jo‘natmalarni qabul qilishgan. Imtiyoz bekor qilinishi birinchi navbatda xitoyliklarning Shein va Temu kabi chakana sotuvchilarga ta’sir qiladi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston fuqarolari Isroil va Eronga safar qilishdan tiyilishga chaqirildi
O‘zbekiston | 14:35
-
Hafta boshida harorat +44 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston | 14:28
-
Misrdan Toshkentga gepatitga qarshi dorining navbatdagi partiyasi olib kelindi
O‘zbekiston | 14:11
-
Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh kemalariga hujumlar uyushtirish niyatida
Jahon | 14:08
Mavzuga oid

11:58
Bu sodir bo‘ldi: AQSh tarixda ilk marta Eronga zarba berdi

10:57
OAV: Tramp ma’muriyati Andrey Yermakdan norozi

10:29
Foto: Eronga berilgan zarbalar Oq uydagi «Situation Room»dan nazorat qilingan

08:33