16:43 / 08.05.2017
7927

HP va Acer Windows 10'da ishlovchi 299 dollarlik noutbuklarini  namoyish qildi 

Foto: Acer

Microsoft korporatsiyasi tomonidan taqdim etilgan Windows 10 operatsion tizimi (OT) bugungi kunda foydalanuvchilar tomonidan qo‘llanib kelinmoqda. Ta'lim segmentiga yo‘naltirilgan 10 S dasturini nafaqat kompaniya noutbuklarida qo‘llash mumkin, endilikda HP va Acer ham shunday operatsion tizimli texnikani yetkazib bera oladi. Yangi OT ilovalarni faqat Windows Store'dan o‘rnatish imkonini beradi, bu xavfsizlik nuqtai nazaridan ta'lim muassasalari uchun afzallik hisoblanadi. The Verge nashri shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi. 

Yangi HP ProBook x360 Education Edition netbuk-transformeri ixchamligi va yuqori unumdorligi bilan ajralib turadi. 11,6 diagonal, 1336×768 pikselli sensor ekran ko‘zni toliqtirmaydigan aniq tasvirni yetkazib beradi. Zarurat tug‘ilgan taqdirda, displey 360 darajagacha bukiladi. Ishlab chiqaruvchining fikricha, Intel Celeron protsessorlar, 4 Gb operativ xotira, 64 Gb vinchester ta'lim ilovalari va matnli tahrirlar bilan ishlash uchun yetarli. 

Noutbuk simsiz Wi-Fi 802.11a/b/g/n/ac, Bluetooth 4.2, ikki kamera, microSD sloti, USB 3.1 (×2) va USB Type-C ulagichlari, 1.4b'li HDMI interfeysi va quloqchinlar uchun 3,5 mm'li audiochiqish bilan ta'minlangan. To‘liq zaryadlangan batareya 11 soatlik avtonom faoliyat uchun yetadi. Windows 10 S operatsion tizimda ishlovchi HP ProBook x360 Education Edition narxi 299 dollarni tashkil qiladi. To‘laqonli Windows 10'li noutbuk bahosi - 329 dollar.

Shuningdek Acer'ning 360 darajali mexanizm bilan ta'minlangan TravelMate Spin B1 Convertible noutbuki shunga o‘xshash parametrlarga ega, biroq ekran biroz boshqacharoq - 1920x1080 piksel. Firma stilusi ham to‘plam tarkibiga kiradi. Bir martalik zaryadda ishlash vaqti - 13 soat. Windows 10 S platformasida ishlovchi bu yangi qurilma narxi ham 299 dollar, Windows 10'li versiyasi biroz qimmatroq - 399,99 dollar. 

Top