Putindan navbatdagi siyosiy hazil: «Kechirasiz, bu maxfiy ma'lumot, sizga ayta olmayman»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ayni vaqtda Italiya bosh vaziri Paolo Jyentiloni bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Jurnalistlar uchun o‘tkazilayotgan brifingning asosiy mavzusi Sergey Lavrov hamda Donald Trampning uchrashuvi bo‘ldi. Jurnalistlar Putindan katta yettilik mamlakat rahbarlari uchrashuvida Italiya bosh vaziriga qanday ma'lumot bergani haqida so‘rashdi.
«Italiya tomonga qanday ma'lumot yo‘lladim? Kechirasiz, bu o‘ta maxfiy ma'lumot. Uni sizga ayta olmayman»,- dedi Putin.
O‘zining siyosiy hazillari va qochirimlari bilan mashhur bo‘lgan Putin bu bilan Lavrovning AQShga tashrifidan keyin avj olgan g‘ala-g‘ovurga ishora qilgandi. Mavzuni davom ettirar ekan Putin AQShdagi barcha yomon narsalarda Rossiyani ayblashlari xunuk ish ekanini ta'kidladi: «Ular AQShdagi murakkab siyosiy vaziyatda Rossiyani ayblashmoqda. Bu holatda ikkita taxmin bor. Birinchidan, ular mamlakatdagi holatni tushunishmayapti. Bunday holatda ular ahmoq bo‘lishadi. Yoki ular hammasini bilib, bizni ayblashmoqda. Bu holatda ular juda xavfli»,- deydi Putin.
Avvalroq Putin Lavrov unga hech qanday ma'lumotlar keltirmaganini aytib hazillashgan va bu uchun vazirni jazolash kerak ekanini qo‘shimcha qilgandi.
Mavzuga oid
16:59 / 08.01.2025
Tramp Rossiyaning «Ukraina NATOga qo‘shilishi» borasidagi tuyg‘ularini tushunishini aytdi
21:20 / 07.01.2025
“Ozarboyjon birorta ham ortiqcha talab qo‘yayotgani yo‘q, Rossiya shartlarni bajarishni paysalga solyapti” - ekspert
13:36 / 06.01.2025
Zelenskiy: Putin bilan faqat kuch pozitsiyasida gaplashish kerak
15:17 / 01.01.2025