Sharq mamlakatlarining o‘ziga xos madaniyatini ko‘rsatib beruvchi juda ko‘p vositalar mavjud. Ana shulardan biri bozorlardir. Sharq xalqlari azal-azaldan o‘z bozorlari bilan faxrlanib kelishgan. Jumladan, o‘zbek xalqi ham.
Andijon viloyatining Baliqchi tumanida bir bozor bor. Uni mahalliy aholi “Eski bozor” deb ham ataydi. Aytish mumkinki, bu yer shartli ravishda “bozor” atamasiga mos tushadi. Chunki toshli yo‘llar, rastasiz, betartib joylashtirilgan mahsulotlar, yozda issiq, qishda namgarchilik tufayli harob holatga tushib qoluvchi bu yer na sotuvchilarga va na xaridorlarga hech qanday qulaylik bermas edi. "Feysbuk" ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilaridan biri shu haqda so‘z yuritadi.








Ammo mutasaddi tashkilotlar aholi mushkulini oson qilish maqsadida zamonaviy, yangi qurilgan bozorni foydalanishga topshirdi.



Bundan sevingan savdogarlaru, tadbirkorlar u yerdagi do‘konlar va rastalarga borib joylashishdi, tegishli to‘lovlarni amalga oshirishdi. Ammo ularning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi.
Dabdurustdan paydo bo‘lgan davlat soliq inspeksiyasi (DSI) xodimlari ularning buyumlarini ko‘chaga uloqtiradigan, yig‘ishtirib tashlashga majbur qiladigan bo‘lishdi. Sababini so‘rashganida, shunday javob qaytarishdi: “Bu yerda savdo qilish mumkin emas? Eski bozorga borib savdo qilish kerak”. Ishini endi boshlab, savdo-sotiq ortidan qora qozonimni qaynatay deganlar ham shu mashmashaga yo‘liqishgan.








