12 yil davomida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (O‘zMTRK) raisi lavozimida ishlab, shu yilning fevralida ishdan olingan Alisher Xo‘jayev yangi lavozimga tayinlandi.
«Kun.uz»ga ma'lum qilishlaricha, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Alisher Xo‘jayev Jo‘raqulovich O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosarligiga tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu qo‘mita prezidentning 22 may kungi farmoniga ko‘ra Respublika baynalmilal markazi hamda do‘stlik jamiyatlari va xorijiy davlatlar bilan madaniy-ma'rifiy aloqalar kengashi negizida tashkil etilgandi.











