Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga (ÖzMTRK) yangi rahbar tayinlandi. Özbekiston prezidenti qaroriga binoan Xurşid Mirzohidov Mirsobiroviç televideniyening yangi raisi sifatida tayinlangan.

U Alişer Xöjayevning örnini egalladi.
Xurşid Mirzohidov 1971 yili Toşkent şahrida tuğilgan. Ma'lumoti oliy. 1995 yilda Toşkent elektrotexnika aloqa institutini tamomlagan. Mutaxassisligi radioaloqa, radioeşittiriş va televideniye muhandisi. 2004 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasining oliy biznes maktabini biznesni boşqariş magistri unvoni bilan tamomlagan.
U 2002-2003 yillarda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Aloqa va axborot texnologiyalari kompleksi rahbari kotibiyatining mudiri sifatida işlagan. 2003-2004 yillarda Özbekiston aloqa va axborotlaştiriş agentligi boş direktori örinbosari lavozimini egallagan. 2004 yilning sentabridan dekabriga qadar “Özbektelekom” AK Boş direktori örinbosari, 2004 yildan 2006 yilga qadar Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, 2006 yildan 2009 yilgaça “Özprommaşimpeks” davlat aksiyadorlik kompaniyasi boşqaruvi raisi sifatida faoliyat körsatgan. 2009-2010 yillarda Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinçi örinbosari bölgan.
Mirzohidov 2010 yil noyabrdan 2012 yil fevral oyiga qadar Özbekiston aloqa va axborotlaştiriş agentligi boş direktorining birinçi örinbosari, 2012 yil fevraldan oktabr oyiga qadar Özbekiston aloqa va axborotlaştiriş agentligi boş direktori lavozimlarida işlagan. 2012 yil oktabr oyidan 2015 yil fevralga qadar Özbekiston Respublikasi aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qömitasi raisi, 2015 yil fevral oyidan boşlab Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri. Xurşid Mirzohidov oilali, ikki öğil va bir qizning otasi.
Alişer Xöjayev 1963 yili Toşkent viloyatida tavallud topgan bölib, 1985 yili Samarqand davlat universitetini fizika öqituvçisi mutaxassisligi böyiça tamomlagan. U qariyb 12 yil ÖzMTRKga raislik qildi.
Xöjayev 1985—1993 yillarda Özbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tekşiriş institutlari, işlab çiqariş birlaşmalarida faoliyat olib borgan. 1993—1996 yillarda NKK firmasida tizim muhandisi bölib işlagan. Alişer Xöjayev 1996 yildan rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan. Jumladan, 1998 yilga qadar «KomUzAziya» kompaniyasida, 1998—2001 yillarda esa UzPAK kompaniyasida boş direktor lavozimida mehnat qilgan. 2001—2002 yillarda Özbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengaşi kotibi örinbosari, 2002—2005 yillarda Özbekiston Aloqa va axborotlaştiriş agentligi (hozirgi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi)ning rahbari örinbosari sifatida faoliyat körsatgan.







