Özbekiston Vazirlar Mahkamasi huzurida millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstona munosabatlar böyiça qömita tuzildi. Yangi idora Şavkat Mirziyoyevning Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstlik aloqalarini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi farmoniga köra, Respublika baynalmilal markazi hamda döstlik jamiyatlari va xorijiy davlatlar bilan madaniy-ma'rifiy aloqalar kengaşi negizida taşkil etildi.

Farmon jamiyatda barqarorlik, tinçlik va hamjihatlikni ta'minlaş, fuqarolar ongida yagona köp millatli katta oilaga mansublik hissini mustahkamlaş, milliy madaniy markazlar va döstlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma'rifiy aloqalarni kengaytirişga qaratilgan.

Qömitaga jamiyatda millatlararo hamjihatlik va bağrikenglikni ta'minlaş sohasidagi davlat siyosatini amalga oşirişda iştirok etiş, dunyo hamjamiyati bilan döstlik aloqalarini mustahkamlaş kabi vazifalar yuklatildi.

Bugun Özbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila bölib yaşamoqda. Ular barça soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilib, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat qurişga va kuçli fuqarolik jamiyatini şakllantirişga katta hissa qöşmoqdalar. Mustaqillik yillarida milliy madaniy markazlarning 120 dan ortiq faoli davlat mukofotlariga sazovor böldi, orden va medallar bilan taqdirlandi, jumladan, 14 nafariga «Özbekiston Qahramoni» yuksak unvoni berildi. 

Respublika baynalmilal madaniyat markazi, 138 milliy madaniy markaz, Özbekiston xorijiy mamlakatlar bilan döstlik va madaniy-ma'rifiy aloqalar jamiyatlari kengaşi, şuningdek, 34 döstlik jamiyati faoliyati Özbekistondagi barça millatlar va elatlarning tarixi, madaniyati, ma'naviy qadriyatlari, an'ana hamda urf-odatlarini asraş va har tomonlama rivojlantiriş, millatlararo munosabatlarni uyğunlaştiriş, jamiyat va davlatni barqaror rivojlantirişda muhim örin tutadi. 

Ular «xalq diplomatiyasi» mexanizmidan faol foydalangan holda tinç va farovon hayotni asraş, xorijiy mamlakatlar bilan döstona munosabatlar va madaniy-ma'rifiy aloqalarni rivojlantiriş, çet eldagi hamyurtlar bilan yaqin va özaro manfaatli munosabatlarni yölga qöyişga salmoqli hissa qöşmoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz ta'lim muassasalarida öqiş 7 tilda olib borilmoqda. Tele-radio körsatuv va eşittirişlar 12 tilda efirga uzatilmoqda, gazeta va jurnallar 10 dan ortiq tilda çop etilmoqda. 

2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasining qabul qilinişi va amalga oşirilişi, biz yaşayotgan bugungi davrning özi davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlaş, mamlakat atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaqin qöşniçilik muhitini yaratişga qaratilgan puxta öylangan, özaro manfaatli va amaliy siyosatni yuritiş, şuningdek, aholi, ayniqsa, yoşlar ongida insonparvarlik qadriyatlarini, turli millat vakillari örtasida özaro hamjihatlikni yanada mustahkamlaş, bu borada amalga oşirilayotgan işlarni sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarişni taqozo etmoqda.