iOS 11: Stiv Jobs g‘oyasiga qarshi, qulay pul o‘tkazmalar va boshqa yangi funksiyalar

Apple kompaniyasi har yili dasturchilar uchun o‘tkaziladigan WWDC 2017 konferetsiyasida yangi iOS 11 operatsion tizimini taqdim etdi. Yangi tizimdagi asosiy o‘zgarishlar – yangilangan qurilmani boshqarish markazi, iMessage messenjeri orqali pul o‘tkazish va biroz yaxshilangan Siri ovozli yordamchi.
Qurilmani boshqarish markazi ustida “redizayn” amalga oshirildi va u endi bosilganda kengayadi.
Apple Pay to‘lov tizimi iMessage ilovasi orqali foydalanuvchilar orasida pul o‘tkazmalarini amalga oshirish funksiyasiga ega bo‘ldi. O‘tkazilgan pullar sistema hisobiga tushadi va u yerdan pullarni smartfonga bog‘langan bank kartasiga o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
Siri’da erkak ovozi yana-da tabiiyroq bo‘ldi. U endi darhol ingliz tilidan xitoy, fransuz, nemis, italyan va ispan tillariga tarjima qila oladi.
A taste of Siri's new, more natural male voice. #WWDC2017 pic.twitter.com/vsQgVqR6hY
— Lance Ulanoff (@LanceUlanoff) June 5, 2017
App Store ilovalar do‘koni ham “redizayn”ga uchradi. Yangi dizaynda ma'lumotni kartochkalar orqali ko‘rsatish, shuningdek, kun tavsiyasi bo‘limi va o‘yin va ilovalar uchun alohida turkumga ega bo‘ldi.
iOS 11 sun'iy ongni o‘rganish uchun yangi yadroga ega bo‘ldi. Apple bergan ma'lumotga ko‘ra, yangi Core ML suratdagi inson yuzini Google va Samsung texnologiyalariga nisbatan 6 marta tezroq topa oladi.
Yangi operatsion tizimga shuningdek, qo‘shimcha reallikka ega zamonaviy ilovalarni ham qo‘llab-quvvatlash funksiyasi kiritilgan. Kreyg Federigi so‘zlariga ko‘ra, millionlab iPhone va iPadlar ARKit’ni qo‘llab-quvvatlaydi va shu tariqa iOS dunyodagi eng katta AR-sistemalardan biriga aylanadi.
Yangi iPad Pro plansheti uchun mo‘ljallangan iOS versiyada esa ko‘p vazifa rejimida o‘zgarishlar bo‘ldi. Yangi tizimda bir vaqtda ishlayotgan ilovalar o‘rtasida ma'lumotlarni o‘zaro olib o‘tish mumkin.
IOS 11 Drag and Drop in action. #wwdc2017 pic.twitter.com/hMwcpPUSae
— Lance Ulanoff (@LanceUlanoff) June 5, 2017
Ko‘p vazifalik paneli ham o‘zgarib, macOS’dagi Dock’ga ko‘proq o‘xshab qolgan.
Apple shuningdek, fayllar menejyeri bo‘lgan Files ilovasini ham taqdim etdi. Bu ilova iPhone’da ilk bor paydo bo‘lmoqda. Bunga qadar Stiv Jobs fayllarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishga taqiq qo‘yish g‘oyasini ilgari surgan edi. Ilova nafaqat iCloud bilan, balkim Google Drive va Dropbox kabi boshqa servislar bilan ham ishlay oladi.
iPad Pro uchun mo‘ljallangan yangi iOS operatsion tizimida Apple Pencil “aqlli qalam”i bilan o‘zaro bog‘liqlik yaxshilangan. Endi planshet kamerasi orqali hujjatlarni o‘qish va iPad’ning o‘zida ularni imzolash mumkin. Shuningdek, yangi mexanizm skrinshotlarda belgilar qoldirish imkonini beradi.
The Verge’ning ma'lum qilishicha, iOS 11’dagi aytib o‘tilmagan, biroq muhim bo‘lgan funksiyalarga matn orqali Siri bilan o‘zaro bog‘liqlik, QR-kodlarni tabiiy qo‘llab-quvvatlash, smartfondan bitta qo‘lda foydalanish imkoni beradigan maxsus funksiya, ekranni yozib olish va 3D Touch ishlashining yaxshilanishi kiradi.
iOS’ning dasturchilar uchun mo‘ljallangan beta-versiyasi 5 iyun kuni ko‘chirib olish mumkin bo‘ladi. Operatsion tizimning foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan versiyasi 2017 yilning kuzida taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Damashqdagi cherkovda terakt sodir etildi. 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 01:21
-
Organizmdagi «qariyotgan» hujayralarni aniqlashning yangi usuli ishlab chiqildi
Fan-texnika | 00:30
-
Yakson qilinmagan, lekin jiddiy zarar - Pentagon Eronga qarshi operatsiya tafsilotlarini ochiqladi
Jahon | 22:44 / 22.06.2025
-
Milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqildi
Jahon | 22:35 / 22.06.2025
Mavzuga oid

00:33 / 20.06.2025
Apple qo‘sh ekranli iPhone chiqaradi: u haqda nimalar ma’lum

19:38 / 10.06.2025
Dunyodagi eng qimmat 100 ta IT-brend qiymati 3,2 trln dollarga yetdi

16:46 / 10.06.2025
iPhone yangi dizayni, Siri’da kechiktirilgan o‘zgarishlar, iOS26 va Games – Apple WWDC25’da nimalar taqdim qildi?

16:44 / 22.05.2025