YUNISEFning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Saşa Graumann Toşkentdagi Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabalari iştirokida röy bergan voqea yuzasidan bayonot berdi.
«1 iyun kuni vafot etgan Toşkent Tibbiyot kolleji talabasi 17 yoşli Jasurbek Ibrohimov oilasiga çuqur va samimiy ta'ziya izhor etamiz.
Öquv muassasalaridagi bezorilik masalasi dunyo miqyosida borgan sari taşvişli masalaga aylanib boryapti va har kuni, har yerda bolalarni zöravonlik qurbonlariga aylantiryapti.
Juda köp odamlar öquv muassasalaridagi bolalarga nisbatan zöravonlikka köz yumadi. Şu bilan birga zöravonlikka uçragan juda köp bolalarda bu töğrida oçiq gapiriş, işonçli katta inson bilan örtoqlaşiş, özlariga xavfsiz muhit topiş uçun işonç va vosita bölmaydi.
Bu singari holatlarni hal etiş uçun muallim va ota-onalarni öqitiş, bolalarni zöravonlikning barça turlaridan himoya qiluvçi odob-axloq qoidalarini işlab çiqiş va ularni qöllaş singari yöllar mavjud.
Tengdoşlar orasida jismoniy va oğzaki şakllardagi bezorilik mamlakatlar böylab keng tarqalgan. Xörlaş va ijtimoiy jihatdan çetlatiş singari bilvosita bezorilik ham bolalarni xavf ostiga qöyadi. Bezorilik xulq-atvori köpinça jamiyatda muayyan guruhlarga nisbatan ustunlik, stigma va kamsitişni aks ettiradi.
Ijtimoiy dinamika vaqt ötişi bilan özgarişi hamda internet va uyali telefon singari axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniş ösib borayotgani bois bolalar xörlaşning yangi şakllariga tobora duç kelmoqdalar.
YuNICEF bezorilik masalasini hal etişda dunyodagi köpgina mamlakatlarga yordam bermoqda. Quyidagi oltita strategiya köpgina mamlakatlarda foydali deb topildi:
1) ota-onalar, bolani parvariş qiluvçilar va oilalarni qöllab-quvvatlaş;
2) bolalar va ösmirlarga xavf-xatar va tahdidlarga qarşi kuraşişni boşqarişda yordam beriş;
3) zöravonlik va tahqirlaşga olib keluvçi munosabat va ijtimoiy normalarni özgartiriş;
4) muallimlar va rasmiy şaxslarni bolalarga tegişli xizmat körsatiş borasida öqitiş;
5) bolalarni himoya qiluvçi qonun va siyosatni amalga oşiriş;
6) ma'lumotlarni yiğiş va tadqiqotlar ötkaziş.













