Jamiyat | 12:15 / 14.06.2017
18616
2 daqiqa o‘qiladi

10 iyun kuni ochilgan Toshkent ekobog‘i vaqtincha yopildi

10 iyun kuni Toshkent shahar hokimiyati va Yozuvchilar ijodiy uyushmasi ishtirokida ochilgan Bobur nomidagi Toshkent Markaziy ekobog‘i ayni vaqtda tashrif buyuruvchilar uchun yopilgan.

Yangi ochilgan bog‘ning yopib qo‘yilgani sababini bilish maqsadida Kun muxbiri ekobog‘ ma'muriyati bog‘landi. 

"Toshkent Markaziy ekobog‘ini vaqtinchalik yopib turish avvaldan ham rejada mavjud edi. Bog‘ning faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilganiga sabab - suv sug‘orish tizimini o‘rnatishdir. Shuningdek, bog‘ hududidagi "Sevgi oroli"da daraxt va ko‘chatlar o‘tqazilmoqda. Shu sababli, yangi Markaziy ekobog‘ 19 iyun - dushanba kuni yana o‘z faoliyatini boshlaydi", - deya xabar qildi bog‘ ma'muriyati Kun nashriga.   

Bundan tashqari, ekobog‘ ma'muriyati vakili bog‘ga kirish bepul ekani, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar asossiz ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Fotoreportaj: Toshkentda yangi ekobog‘ ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Mavzuga oid