Toshkentdagi yangi ekobog‘ yana ochib qo‘yildi
10 iyun kuni Toshkent shahar hokimiyati va Yozuvchilar ijodiy uyushmasi ishtirokida ochilgan Bobur nomidagi Toshkent Markaziy ekobog‘i keyingi kunlarda tashrif buyuruvchilar uchun yopiq turgan edi.
Bog‘ ma'muriyati «Kun» muxbiriga bergan ma'lumotga ko‘ra, ekobog‘ 14 iyun kuni ochilib, tashrif buyuruvchilarga xizmat qilmoqda.
"Bog‘ning faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilganiga sabab - suv sug‘orish tizimini o‘rnatishdir. Shuningdek, bog‘ hududidagi "Sevgi oroli"da daraxt va ko‘chatlar o‘tqazilmoqda. Biroq ekobog‘ning eshiklari mehmonlar va aholi uchun ochiq. Bog‘dagi ayrim ishlar esa o‘z yakuniga yetkaziladi", - deya xabar qildi bog‘ ma'muriyati vakili.
Bundan tashqari, ekobog‘ ma'muriyati vakili boqqa kirish bepul ekani, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar asossiz ekanligini ta'kidlab o‘tdi.