Bugun, 10 iyun kuni Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Toşkent Markaziy eko boğining oçiliş marosimi bölib ötdi. Yangi dam oliş maskani 12 gektarli maydonga ega eski hayvonot boği hududida qurildi.
Mazkur yangi eko boğning quriliş işlariga The Tower Mall Management Group kompaniyasi boşçilik qildi.
Oçiliş marosimida Toşkent şahar hokimi, madaniyat va san'at arboblari, vazir örinbosarlari, yozuvçi va şoirlar iştirok etişdi.
Tuşlik vaqtida 400 dan ortiq Mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilariga oçiq dasturxon yoziladi. Keçki vaqt esa estrada yulduzlari iştirokida konsert dasturi namoyiş etiladi. Şuningdek, bolajonlar uçun maxsus tomoşalar ham qöyiladi.
Ma'lumot örnida: Boğda sayr uçun yöllar va köplab örindiqlardan taşqari, yuguriş va veloyölaklar, mini-futbol, badminton hamda tennis maydoni, oçiq trenajyorlar, yoga bilan şuğullaniş uçun ayvonni ham uçratiş mumkin.
Istirohat boğiga kiriş bepul böladi.
Işlaş vaqti: 6:00dan - 23:00 gaça
"Kun" muxbirining Markaziy eko boğ oçiliş marosimidan tayyorlagan fotoreportajni tomoşa qiling.
































