Qurollangan qiruvchi samolyot qulashi natijasida Texasda aholi evakuatsiya qilindi
AQSh harbiy havo kuchlarining o‘q-dorilar bilan qurollantirilgan F-16 qiruvchi samolyoti Texas shtatidagi Hyuston shahri yaqinida halokatga uchradi, deya xabar bermoqda CBS telekanali.
Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, uchuvchi katapultadan foydalanishga ulgurgan va unga hozir zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Bu voqeadan so‘ng bir yarim kilometr raidusdagi barcha aholi evakuatsiya qilingan.
Harbiy samolyotning qulashi natijasida yong‘in kelib chiqqan.
F-16 — to‘rtinchi avlodga xos ko‘p funksiyali yengil qiruvchi samolyot hisoblanadi. U Amerikaning General Dynamics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. 1979 yildan buyon foydalanishda. Samolyotdan jahonning 25 mamlakati qurolli kuchlari foydalanadi. 2014 yilgi ma'lumotlarga ko‘ra, jahondagi eng keng tarqalgan harbiy samolyot hisoblanadi.
Foto: Khou-tv
F-16 samolyotining bundan avvalgi halokati o‘tgan yilning iyunida ro‘y bergan edi. AQSh harbiy aviatsiyasining Thunderbirds uchuvchilar guruhiga tegishli samolyot Kolorado shtatidagi harbiy akademiya ustidan uchib o‘tishda qulagan, uchuvchi katapultadan foydalangan edi. Voqea akademiyadagi bitiruv marosimidan so‘ng yuz bergan.
Mavzuga oid
12:51 / 12.11.2024
Xarkiv oblastida majburiy evakuatsiya e’lon qilindi
21:09 / 19.09.2024
AQShdagi kimyo zavodida yuz bergan yong‘inni to‘rt kundan beri o‘chirib bo‘lmayapti
12:10 / 17.09.2024
Kursk yaqinida chegaraga yaqin ikki rayon aholisi evakuatsiya qilinmoqda
14:23 / 28.08.2024