O‘zbekiston | 15:35 / 24.06.2017
19821
2 daqiqa o‘qiladi

Al-Bag‘dodiyning o‘limi tasdiqlansa, IShIDga Saddam Husayn davridagi zobit rahbarlik qilishi mumkin

Agarda IShID yetakchisi Ibrohim Abu-Bakr al-Bag‘dodiyning o‘limi haqidagi ma'lumot tasdiqlansa, uning o‘rnini Iroqning marhum yetakchisi Saddam Husayn armiyasida zobit bo‘lib xizmat qilgan ikki shaxsdan biri egallaydi, deb xabar bermoqda Reuters.

Mutaxassislar bu borada aniq bir vorisni ko‘rishmayapti, biroq asosiy da'vogarlar orasida Iyod al-Obaydiy va Ayod al-Jumayliy e'tirof etilmoqda. 

RF mudofaa vazirligi o‘tgan haftada al-Bag‘dodiy Rossiya aviatsiyasining Suriyadagi zarbasi natijasida yo‘q qilinganini ma'lum qildi. Interfaks agentligi esa rossiyalik yuqori mansabli parlamentariyga asosan uning yo‘q qilingani ehtimoli 100 foizga yaqin ekanini xabar berdi.

Biroq mintaqada jang olib borayotgan guruhlar va amerikalik amaldorlarning aytishicha, ularda al-Bag‘dodiyning o‘limi yuzasidan isbotlar yo‘q. 

Taxminan 50 yoshda bo‘lgan al-Obaydiy IShID harbiy vaziri lavozimini egallagan. 40 yoshlar atrofida bo‘lgan al-Jumayliy esa, guruh xavfsizlik xizmati – Amniyaga boshchilik qilgan. 

Ularning har ikkisi 2003 yilda, Iroqqa Amerika bostirib kirganidan so‘ng, isyonchi salafiylar harakatiga qo‘shilgan.

2016 yilda al-Bag‘dodiyning o‘rinbosari Abu Ali al-Anbariy, IShID “urush vaziri” Abu Umar ash-Shishaniy va Suriyadagi tashviqot uchun javobgar bo‘lgan Abu Muhammad al-Adnaniy o‘ldirilgani so‘ng, ular IShID yetakchisining bosh maslahatchilariga aylanishdi.

"Bu borada aniq voris yo‘q, biroq shu ikkisidan biri guruhga rahbarlik qilishi ehtimolga yaqin", - deya aytib o‘tgan Yaqin Sharqdagi qator hukumatlarga IShID bilan bog‘liq masalalarda maslahat berish bilan shug‘ullanuvchi Hishom al-Hoshimiy.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid