“Vositachilik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi
O‘zbekistonda “Vositachilik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Qonun loyihasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida joylashtirilgan.
Vositachilik qonuniylik, ixtiyoriylik, maxfiylik, hamkorlik va tomonlar teng huquqligi, vositachining mustaqilligi va xolisligi prinsiplari asosida o‘tkaziladi, deyiladi qonun loyihasida.
Vositachilikni amalga oshirish uchun tomonlar o‘z fikrini erkin ifoda eta olishi, jumladan, bahsning o‘zaro maqbul yechimini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. Majburiy yarashuv vositachilik jarayonida taqiqlangan, deya ta'kidlanadi hujjatda.
Vositachilik ishtirokchilari vositachilik davomida ularga ma'lum bo‘lgan ma'lumotlarni, bu ma'lumotni taqdim etgan vositachilik tomoni, uning huquqiy vorisi yoki vakilining yozma ravishda roziligisiz oshkor qilmaydi.
Mediator (vositachi) vositachilik davomida unga ma'lum bo‘lgan ma'lumotlar bo‘yicha qonunda nazarda tutilgan holatlardan tashqari, guvoh tariqasida so‘roq qilinishi mumkin emas.
Vositachilik ishtirokchilari tomonlar va vositachidir. Vositachilik jarayonida tomonlar jismoniy va yuridik shaxslar, jumladan davlat idoralari hamda tashkilotlari ham bo‘lishi mumkin.
Vositachilik ikki va undan ortiq tomonlar o‘rtasida bo‘lishi, shuningdek, bir yoki bir necha vositachilar tomonidan o‘tkazilishi mumkin.
Tomonlar qonunga muvofiq, vositachilik jarayonida shaxsan o‘zi yoki o‘z vakili orqali ishtirok etadi.
Qonun loyihasi vositachi, vositachilik ishtirokchilari vazifalari va mas'uliyati, shuningdek, vositachilikni o‘tkazish tartibini o‘rnatadi.
Mavzuga oid
18:23 / 26.08.2024
Qiynoq oqibatidagi o‘lim holatlari uchun javobgarlik kuchaytiriladi
11:49 / 20.06.2024
Mahalliy kengashlarga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi
13:23 / 09.04.2024
Deputatlar o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonunni qabul qildi
15:29 / 27.02.2024