Qirg‘izistonda 25 kishi prezident bo‘lish istagini bildirdi
Qirg‘izistondagi prezidentlik poygasida 25 kishi ishtirok etish niyatini bildirib, MSKga o‘z nomzodlarini ro‘yxatga olish uchun rasmiy hujjatlarini yubordi. Bu haqda RIA Novosti Qirg‘izistonda saylovlar va referendum o‘tkazish bo‘yicha Markaziy komissiya matbuot xizmati vakiliga asosan xabar berdi.
Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari 15 oktabrga belgilangan, nomzodlarni ilgari surish esa 15 iyundan boshlandi. Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, davlat rahbari bitta olti yillik muddatga saylanadi. Bir kishi o‘z hayotida faqatgina bir bor oliy lavozimni egallashi mumkin. Lavozimini tark etayotgan prezident Almazbek Atamboyev o‘ziga voris tayyorlash niyatida emasligini bir necha bor ma'lum qilgan.
"Bugungi kundagi ma'lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston Respublikasining 21 fuqarosi o‘z nomzodini prezidentlik lavozimiga ilgari surgan, shuningdek, to‘rtta siyosiy partiya ham nomzodlarini taqdim etdi", - deya xabar bergan MSK vakili.
Mamlakatdagi oliy lavozim uchun da'vogar bo‘lgan barcha shaxslar 26 avgust kuniga qadar o‘z nomzodini qo‘llab-quvvatlagan 30 ming kishi imzosini yig‘ishi va MSKga taxminan 15 ming dollar miqdoridagi badal pulini to‘lashi lozim, shuningdek, ular davlat tilini bilish bo‘yicha testdan o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024
Qirg‘izistonlik ayollar 10 nafargacha farzand ko‘rishga chaqirildi
19:40 / 05.11.2024
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi 3 ta chegara bojxona postlarida transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi
18:09 / 05.11.2024