Sport | 12:00 / 20.07.2017
34983
2 daqiqa o‘qiladi

Terma jamoa Eron klubiga yutqazdi, Lobanov kulgili gol o‘tkazdi

Turkiyaning Izmit shahrida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini davom ettirayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi kecha, 19 iyul kuni Eronning «Zob Ohan» klubiga qarshi nazorat o‘yinida maydonga tushdi.

Uchrashuvning 85-daqiqasida «Zob Ohan»  futbolchilari tomonidan burchakdan amalga oshirilgan standart vaziyat golga aylandi. Bu vaziyatda terma jamoa darvozaboni Aleksandr Lobanov qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi.

23 iyul kuniga qadar davom etadigan yig‘in davomida yana bitta nazorat o‘yini o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Nazorat uchrashuvi
Turkiya, Izmit
19 iyul, chorshanba

O‘zbekiston – «Zob Ohan» (Eron) – 0:1
O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov (Aleksandr Lobanov, 46), Akmal Shorahmedov, Murod Xolmuhammedov, Sherzod A'zamov, Davron Hoshimov (Murod Toshmatov, 73), Farrux Sayfiyev, Salamat Quttiboyev (Bahrom Abdurahimov, 78), Jaloliddin Masharipov (Suhrob Berdiyev, 64), Sardor Mirzayev (Erkin Boydullayev, 46), Otabek Shukurov, Igor Sergeyev (Shohruz Norxonov, 46).

Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini milliy terma uchun JCh–2018 saralash bosqichining Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlariga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

O‘zbekiston terma jamoasi saralash bosqichi 8-turidan keyin 12 ochko to‘plab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘llanma uchun kurashda 2-o‘rindagi Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.

Mavzuga oid