To‘ytepada yangi shahar qurilishi uchun 2 milliard dollar sarflanadi

Bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida olib boriladigan qurilish ishlari bilan tanishdi. Viloyat hokimligi markaziga aylangan To‘ytepa shahrida katta qurilish ishlari olib boriladi.
«Axborot» dasturida ma'lum qilishicha, janubiy koreyalik arxitektorlar loyihasi bo‘yicha quriladi.
Loyihaga ko‘ra bu yerda smart shahar paydo bo‘ladi.
«Ushbu loyihada yangi texnologiyalardan foydalanilgan, shaharning ekologik tizimi hisobga olingan. Shuningdek, O‘zbekistonning milliy qadriyatlari ham nazarda tutilgan.
Har bir qurilayotgan yangi shaharda mavjud bo‘lishi kerak bo‘lgan yangilik kiritildi. Hozirda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida eko yoki smart shaharlar paydo bo‘lmoqda. Bu shahar O‘zbekistondagi ilk shunday shahar bo‘ladi.
Shaharda ko‘plab yirik ma'muriy binolar bilan birga ekologik bog‘lar, odamlarning dam olishi uchun qulayliklar yaratiladi. Xorijlik sayyohlar tashrifi imkoniyatlari ham nazarda tutiladi», deya ma'lumot bergan loyiha mualliflaridan biri bo‘lgan koreyalik mutaxassis.
«Kun» manbasi bergan ma'lumotga ko‘ra, ushbu loyiha uchun katta sarmoya jalb etiladi, shahar qurilishi uchun jami 2 milliard dollar sarflanadi.
Shu yil yanvarida prezident Toshkent viloyati ma'muriyatini To‘ytepa shahriga ko‘chirgandi.
Ma'lumot uchun, 1973 yilda shahar maqomini olgan To‘ytepada 29 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. U To‘ytepa temir yo‘l bekatidan 4 km uzoqlikda, Toshkent-Qo‘qon avtoyo‘li yonida, Toshkent shahridan 25 km janubda joylashgan.
Bundan tashqari, Toshkent tumani qayta tiklanadi. Bunga Zangiota tumani hududi kengayib ketgani sabab sifatida keltirilgan.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliya Tuvalu aholisi uchun maxsus iqlim vizasini beradi
Jahon | 22:37 / 29.06.2025
-
Tramp TikTok uchun xaridorlar topganini ma’lum qildi
Jahon | 22:01 / 29.06.2025
-
Eron bir necha oy ichida boyitilgan uranni ishlab chiqarishga qaytishi mumkin - MAGATE rahbari
Jahon | 21:53 / 29.06.2025
-
Blue Origin kapsulasi 6 nafar turist bilan suborbital parvozni amalga oshirdi
Jahon | 21:48 / 29.06.2025
Mavzuga oid

18:11 / 03.07.2020
To‘ytepa, Parkent, Chinoz, Chotqol... - Toshkent viloyatidagi joy nomlari ma'nosini bilasizmi?

01:03 / 03.12.2018
Toshkentda yo‘qolib qolgan 14 yoshli qiz Nurafshonda topildi

17:17 / 26.09.2017
«Ilk smart shahar uchun o‘zbek tilidagi so‘z yarashmaydimi?» - Prezidentga murojaat

10:24 / 25.08.2017