O‘zbekiston | 17:40 / 24.07.2017
14477
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qildi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Qozog‘iston rahbari rasmiy sayti xabar bermoqda.

Nursulton Nazarboyev muloqot davomida Shavkat Mirziyovni yubiley bilan tabriklab, sog‘lik, farovonlik va oliy davlat rahbari lavozimida muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarning yuqori darajasini ta'kidlab o‘tishdi hamda ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha qozoq-o‘zbek o‘zaro aloqalarini davom ettirishga kelishib oldilar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid