Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Auditoriyaga telefon va shpargalka olib kirishga uringan abituriyent test sinovidan chetlatiladi

Illyustrativ foto
Samarqanddagi 7 ta oliy o‘quv yurtiga ajratilgan 7014 qabul o‘rniga bu yil abituriyentlardan 63 mingta ariza kelib tushgan. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 8,5 foizga ko‘p degani. Bakalavriatning bir o‘rniga 9 abituriyent da'vogarlik qilmoqda. Hujjat topshirishdagi eng katta o‘sish Samarqand meditsina institutida ham kuzatilmoqda, bu yerga o‘tgan yilgidan 69 foizga ko‘proq hujjat topshirilgan.
Bu va boshqa raqamlar Samarqanddagi Matbuot uyida oliy o‘quv yurtlari rektorlari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumani doirasida ma'lum qilindi.
«Bu uchrashuvdan ko‘p narsa kutmoqdamiz, — dedi OAV vakillariga murojaat qilar ekan viloyat hokimi o‘rinbosari Azamat Umarov. — Test sinovlari bu yil odatdagidan boshqacha o‘tadi. Bu haqda ota-onalar va abituriyentlarni ogohlantirish kerak. Biz imtihonlarning butun jarayonida ochiqlik va shaffoflikka erishish harakatidamiz».
Bu yil o‘tgan yillardagi amaliyotdan farqli o‘laroq test sinovlari o‘tadigan har bir auditoriyada o‘sha oliy o‘quv yurtining vakili, shuningdek, chetdan bir nafar kuzatuvchi — umumta'lim maktabi, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejining o‘qituvchisi ishtirok etadi. Bu yangilik oliy o‘quv yurtlarining o‘z vakillari garchi ular keyinchalik o‘qishga kirgan abituriyentlarni o‘qitishsa-da, test imtihonlari topshirish jarayonida ishtirok etmasligidan noroziligi tufayli joriy etilmoqda.
A.Umarov so‘nggi vaqtlarda jamoatchilik o‘rtasida qizg‘in muhokama etilgan muhim masalaning yechimiga e'tibor qaratishni so‘radi. Bu yil test imtihonlari o‘tkaziladigan binolarga uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalari, shuningdek, shpargalkalar olib kirishga uringan abituriyentlar imtihondan chetlatiladi. Bu Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan, «O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini o‘tkazish haqidagi Nizom»ning 88-bandida belgilab qo‘yilgan. Garchi ushbu Nizom 2011 yilda qabul qilingan bo‘lsa-da, uning 88-bandidan hanuzgacha foydalanilmayotgan edi.
Bu yil abituriyent test imtihonlari o‘tayotgan binoni soat 12 dan avval tark etishi mumkin emas. Bu yangilik ham «bilim ovlovchi» ayrim nopok insonlarning ayyorligiga chek qo‘yish maqsadida joriy etilmoqda. Aniqlanishicha, o‘tgan yillarda kimdir oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirib, imtihon kuni abituriyentlarning test savollarini suratga tushirib, auditoriyani shu ondayoq tark etib, fotoapparat yoki telefon xotira kartasini uni kutib turganlarga topshirgan. O‘sha «kimdir» test savollarini yechib (yoki yechtirib), to‘g‘ri javob variantlarini auditoriyada kutayotgan abituriyentlarga yetkazib turgan.
«Ixtirochi» abituriyentlarning hiylalaridan yana biri — poyafzal ichiga yupqa uyali telefon joylashtirishdir. Bu yil har bir abiturentning poyafzali yechilib, qattiq bolg‘a bilan poshnasiga urib ko‘riladi.
Davlat test markazi vakili Esonboy Isroilov o‘z chiqishida oliy o‘quv yurtlarida test sinovlarini munosib o‘tkazish yuzasidan o‘tkazilgan tayyorgarlik ishlari haqida batafsil to‘xtaldi.
Toshpo‘lat Rahmatullayev,
jurnalist
Tavsiya etamiz
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
Jahon | 07:46 / 23.08.2025
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 20:59 / 22.08.2025
Tramp, dollar va so‘m: AQSh valutasida pul jamg‘arish endi avvalgidek jozibali emasmi?
Iqtisodiyot | 20:54 / 22.08.2025
AQSh 55 milliondan ortiq viza egalarini tekshiradi
Jahon | 10:08 / 22.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv orollarida kuz - chegirmalar va bonuslarga ega mehmonxonalar
O‘zbekiston | 13:00 / 26.08.2025
-
Toshkentdagi klinikada yuz bergan fojia bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
Jamiyat | 23:51 / 26.08.2025
-
Tadbirkorlar uchun maxsus huquqiy rejim va har bir mahallaga futbol maydoni – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 26.08.2025
-
2026 yildan boshlab Android noma’lum dasturchilarning ilovalarini bloklaydi
Fan-texnika | 23:10 / 26.08.2025
Mavzuga oid

11:52 / 14.08.2025
Abituriyentlarning apellyatsiya arizalarini topshirish shartlari e’lon qilindi

07:50 / 13.08.2025
O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanasi belgilandi

12:14 / 09.08.2025
Abituriyentlar tanlagan yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turganini bilishi mumkin

16:31 / 08.08.2025