Jamiyat | 21:13 / 27.07.2017
31744
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bo‘ylab Birinchi Prezident – Islom Karimov nomiga ehson oshi berildi

27 iyul kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov yodini xotirlash tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimlarda odamlarga osh tortildi, Qur'on tilovat qilinib, duoi fotiha o‘qildi.

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ana shunday marosimda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. 

Ana shunday tadbirlar, jumladan, Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida joylashgan “Mumtoz” to‘yxonasida Andijon shahridagi “Toshkent premium”  tantanalar saroyi hamda Oltinko‘l tumanidagi “Qumbozor” choyxonasida o‘tkazildi

Birinchi Prezident Islom Karimov yodi Namangan viloyatining barcha shahar va tumanlarida, Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi “Navro‘z” to‘yxonasida ham ehson oshi berilib yodga olindi.

Ushbu tadbirlarda ishtirok etganlar Islom Karimov tomonidan amalga oshirilgan islohotlar, huquqiy-demokratik davlat qurishdagi  xizmatlari beqiyos ekanligini yod etishdi. Boshlangan ezgu sa'y-harakatlarning Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yangi bosqichga ko‘tarilayotgani, harakatlar strategiyasida mamlakatni yanada gullab-yashnashi, ertangi kuni bundanda farovon bo‘lishi yo‘lidagi dolzarb vazifalar belgilab berilgani va uni bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganini e'tirofga sazovordir.

Mavzuga oid