Yodgor Sa'diyev o‘zbek kino va teatr san'atining darg‘alaridan. Ayniqsa, yozuvchi Tohir Malikning “Shaytanat” asari orqali suratga olingan shu nomdagi filmda ijro etgan Asadbek roli orqali ko‘plab tomoshabinlar mehrini qozongan. KUN.UZ tahririyati O‘zbekiston davlat mukofoti sovrindori, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, ustoz san'atkor Yodgor Sa'diyev bilan suhbatlashdi.

Bugungi kundagi ijodiy jarayon

Shu yilning 3 avgust kuni Prezidentimiz O‘zbekistonning madaniyat va san'at sohasidagi ziyolilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu juda foydali uchrashuv bo‘ldi. Menga eng yoqqani, Prezidentimiz 4,5 soatga yaqin madaniyat va san'at, adabiyot, musiqa sohasida bo‘layotgan jarayonlar haqida gapirib, buning orasida kamchiliklarni ham ro‘yi-rost aytib o‘tdilar. Yaxshi otga bir qamchi, deganlaridek, biz bildik-ki, madaniyat, san'at, adabiyot sohasida ham ijodkorlar biroz uyquda ekanliklarini yana bir bora eslatib o‘tdilar. O‘sha kungi uchrashuvdan so‘ng, ko‘tarinki ruhda ishlayapmiz. 

Ijod ahli nima sababdan mudrab qolgandi?

Qandaydir xotirjamlikka ozgina qadam tashlab, o‘tib olgandik. Hammasi yaxshi edi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning qilgan ishlari – bu beqiyos ishlar. Ko‘p ish qilinganligi ham odamlarni biroz xotirjamlikka olib keldi. Yo‘q, buni to‘xtatish kerak emas, deyapti bugungi Prezidentimiz. O‘zbekiston kelajagi buyuk, degan g‘oyaga Islom Abdug‘aniyevich tamal toshini qo‘yib bergan bo‘lsa, buni oxiriga yetkazishimiz kerak. Buning uchun yoshlarimizga ko‘proq e'tibor berishimiz kerak, ma'naviyatini, ma'rifatini, ongini kuchaytirishimiz kerak.  

Yoshlar haqida

Yoshlarning ma'naviyatidan ayrim holatlardan tashqari qoniqaman. Yoshlarning qiziquvchanligi, intiluvchanligi menga yoqadi. Ularning aksariyati bilimga, ilmga talpinuvchilar. Men yoshlarni o‘zi yaxshi ko‘raman, lekin ba'zi bir qiliqlarida quyushqondan chiqib ketaman. Buni men darhol kesib tashlashga harakat qilaman. Chunki u ildiz otib ketishi kerak emas. Ularning teatrga qiziqishi ham yaxshi, so‘ngan emas. Eng kerakligi, teatrda professionallik bo‘lsa, yoshlar keladi. Sababi ular farqiga boradi. 

Teatrning bugungi saviyasi