Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Efir vaqtiga o‘zgartirish kiritildi. Xitoyga qarshi o‘yin jonli efirda namoyish etiladi
O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh-2018 saralashi doirasida 31 avgust kuni Xitoy terma jamoasiga qarshi o‘tkazadigan safar o‘yini «Sport» telekanalida jonli efirda namoyish etiladigan bo‘ldi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali sayti xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, efir vaqtiga o‘zgartirish kiritilgan.
«Biroz avval saytimizda jahon chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan futbol bo‘yicha Xitoy va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv jonli efirda namoyish etilishi so‘roq ostida turgani haqida xabar bergan edik.
Hozirgina olingan xabarlarga ko‘ra, «Sport» teleradiokanali o‘z dasturlariga o‘zgartirish kiritdi va mazkur uchrashuv soat 16:45 dan boshlab efirga uzatiladi», deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi 12 ochko jamg‘argan holda A guruhida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Navbatdagi ikki o‘yindagi g‘alaba jamoamizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mundialga olib chiqadi.
Mavzuga oid
18:43 / 11.08.2023
Yevrofutbolni qayerda ko‘ramiz? «Sport» telekanali direktori bilan intervyu
18:13 / 01.04.2021
«Sport» telekanali YeChL, Yevropa ligasi va yana uchta musobaqani translatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi
23:49 / 25.05.2020
Radioefirda «O‘zbekiston 24»ni tanqid qilgan ikki xodim MTRKdan ketdi. Radioda «Futbol+» loyihasi davom etadi
15:37 / 25.03.2019