12:17 / 06.09.2017
41065

Genich: «O‘zbekiston uchun xafaman, ammo ular g‘alabaga haqli emasdi»

Foto: twitter.com / Konstantin Genich

«Match TV» telekanali sharhlovchisi, O‘zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvini «Bunyodkor» stadionida sharhlab borgan Konstantin Genich o‘yindan keyin fikrini bildirib o‘tdi.

«O‘zbekiston uchun xafaman, ammo o‘yin bo‘yicha ular g‘alabaga haqli emasdi. Suriyaning qo‘shimcha daqiqalarda gol urishi, albatta, haqiqiy drama», deya yozgan Konstantin Genich o‘z tvitterida.

Rossiyalik sharhlovchi tvitterida O‘zbekistonga kelayotgani haqida ham xabar qoldirgandi.

«O‘zbekistonni JCh-2018ga olib chiqish uchun Toshkentga uchyapman», deya yozgandi o‘shanda u.

Mavzuga oid
Top