OAV: Argentinada sobiq prezident Kirshnerga ayblov qo‘ygan sobiq prokuror o‘ldirildi

Foto: AP
Argentinada sobiq prezident Kristina Kirshnerni davlatga xiyonatda ayblagan sobiq prokuror Alberto Nisman o‘z joniga qasd qilmagani, balki o‘ldirilgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda jandarmeriya bayonotiga iqtibos keltirgan holda Nacion nashri xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 200 sahifalik bayonotni tuzishda ishtirok etgan turli sohalarda faoliyat yurituvchi 24 mutaxassis Nismanga ikki kishi hujum qilib, uning boshiga urib, so‘ngra organizmiga ketamin kiritib, boshiga o‘q uzishgani haqidagi xulosaga kelishgan. Ularning tadqiqotiga ko‘ra, prokuror o‘lgan vaqt avval aytilgandan farq qiladi. Hujjat shu kunlarda bosh prokuror va oliy sudyaga taqdim qilinishi kerak.
Avvalroq Argentina oliy sudi mamlakatni 2007-2015 yillar davomida boshqargan Kirshnerga nisbatan Nisman bildirgan davlatga xiyonat qilish va jinoyatlarni yashirish ayblovi bilan tergov boshlanishini qo‘llab-quvvatlagandi. Kirshner himoyasi shikoyat qilib, ishni yopishni talab qilgan.
Nisman prokuror bo‘lgan vaqtda 1994 yilda Buenos-Ayresda yahudiylar madaniy markazidagi portlash ishini tergov qilgan. U Kirshner va tashqi ishlar vaziri Ektor Timermanni portlashga aloqador bo‘lganlikda ayblanayotgan eronliklarning "jazolanmasligini ta'minlash maqsadida til biriktirganlikda" ayblagan. Keyinroq Nisman o‘z xonadonida o‘lik holda topilgan. Tergov hozircha bu o‘z joniga qasd qilish yoki suiqasd bo‘lgani borasida bir to‘xtamga kela olmayapti.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiya: ota-onalar dam oladigan, bolalar esa baxtiyor bo‘ladigan ta’til
Jamiyat | 19:00
-
Toshkentda Telegram orqali narkotik moddalar sotib kelgan 5 kishi qo‘lga olindi
Jamiyat | 20:26
-
Isroil qiruvchilari «Hizbulloh»ning Livan janubidagi obektiga zarbalar berdi
Jahon | 20:14
-
Britaniya ukrainalik qochoqlarga boshpana berishni rad etmoqda
Jahon | 20:10
Mavzuga oid

02:44 / 19.06.2025
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi

18:36 / 11.06.2025
Argentina sobiq prezidenti Kristina Kirshner 6 yillik qamoqqa hukm qilindi

18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi

14:57 / 19.05.2025