2018 yildan nogironlar uchun moslashtirilmagan transport xarid qilish taqiqlanadi
Prezidentning “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.
Norma.uz’ning yozishicha, “nogiron” atamasi o‘rniga “nogironligi bo‘lgan shaxs”dan foydalanish taklif qilinmoqda. BMTning nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konventsiyasini ratifikatsiya qilishning zarurligi qayd etildi. “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun asosida esa “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun ishlab chiqiladi.
3 dekabr kunini mamlakatda Nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni, deb e'lon qilish taklif qilindi. Shuningdek, Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish maqsad qilingan. Bundan tashqari, taxminan kelgusi yilda qo‘shimcha ravishda qator chora-tadbirlar qabul qilinadi:
• nogironlikni tayinlash masalasi bo‘yicha hamkorlikning elektron tartibi joriy etiladi (1 yanvardan). Natijada, YaIDXP orqali elektron shaklda murojaat qilish va hujjatlarni taqdim etish mumkin bo‘ladi;
• nogironligi bo‘lgan shaxslarning yagona elektron reyestri joriy etiladi, u o‘z ichiga ushbu shaxslar, tayinlangan pul to‘lovlari miqdori va turlari, berilgan reabilitatsiyaning texnik vositalari va protez-ortopedik buyumlar, dori-darmonlar, taqdim etilgan ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlar to‘g‘risida kompleks axborotni oladi (1 martdan). Bu ushbu sohada ishlarning holati to‘g‘risida tezkor axborot olish, davlat organlari o‘rtasida ma'lumotlar almashishni amalga oshirish, byudjyet mablag‘larini maqsadga nomuvofiq sarflash va suiiste'molchilik faktlarini oldini olish imkonini beradi;
• nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilmagan yo‘lovchi transportini xarid qilish taqiqlanadi (1 yanvardan). Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilgan, shu jumladan qayta jihozlash imkoniyati bilan avtotransport vositalarini ishlab chiqarish boshlanadi;
• nogironlik berish va nogironlik bo‘yicha pensiya to‘lash tartibi mezonlari qayta ko‘rib chiqiladi (1 fevralgacha). Bu yo‘nalishda xalqaro standartlarga o‘tish amalga oshirilishi kerak;
• oliy ta'lim muassasalarida nogironligi bo‘lgan shaxslar imtiyozli shartlarda o‘qishga kirishi uchun kvotalar joriy qilinadi (1 martgacha).
Loyiha Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish va ularning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini o‘z ichiga oladi. U 4 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha 66 ta chora-tadbirni amalga oshirishni ko‘zda tutadi:
I – nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifati va darajasini oshirish;
II – nogironlikni profilaktika qilish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam va ijtimoiy reabilitatsiyaning samaradorligini oshirish;
III - nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalash, ularni talab bo‘lgan kasblarga o‘qitish tartibini takomillashtirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni maxsus kasbiy tayyorlash va yangi kasblarga qayta tayyorlash, shuningdek ularni ishga joylashtirishga yordam berish;
IV – tibbiy-ijtimoiy muassasalarni moddiy-texnik jihozlashni yaxshilash, nogironligi bo‘lgan shaxslar foydalanishi imkoniyati bo‘lgan va qulay muhitni ta'minlash.
Loyiha o‘zgartirilishi, qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Panama mamlakat portlarini honkongliklar boshqaruviga topshirgan amaldorlarni sudga beradi
Jahon | 19:56
-
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34
-
Janubiy Koreya chegarani kesib o‘tgan KXDR askarlariga qarata ogohlantiruvchi o‘t ochdi
Jahon | 18:28
-
Andijonda yuk mashinasi yo‘l bo‘yidagi uyni buzib, ichkariga kirib ketdi
Jamiyat | 18:24
Mavzuga oid

12:49 / 31.03.2025
O‘zbekiston prezidenti uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi

11:20 / 27.03.2025
Nega qabul komissiyasi qarorlari yopiq saqlanadi? – mas’ullar izohi

13:35 / 08.03.2025
Muayyan kasalliklari bor o‘quvchilarga transport xarajatlari to‘lab beriladi

13:51 / 28.02.2025