Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kataloniyadagi referendum: Ispaniya iqtisodiyotiga nima tahdid solmoqda?
Yakshanba kuni Kataloniyada mustaqillikqa doir referendum bo‘lib o‘tdi. Uning natijalari Ispaniya va Yevropa uchun jiddiy iqtisodiy ta'sir ko‘rsatadi. Ovoz berish jarayoni aynan mamlakatning o‘n yillik tanazzuldan keyin o‘ziga kelayotgan vaqtda bo‘lib o‘tmoqda. Axir Kataloniya — uning nisbatan samarali hududi-ku.
Mustaqillik boylik sari yo‘l sifatida
Ispaniya iqtisodiyotining deyarli beshdan bir ulushi Kataloniyaga to‘g‘ri keladi, boz ustiga, u rekord darajali 25 foiz eskportni ishlab chiqaradi.
Kataloniya g‘aznaga hukumatdan oladiganidan-da ko‘p (ichki soliqlarning umumiy hajmidan 21 foiz) pul topshiradi.
Aynan shu iqtisodiy nomuvofiqlik — mustaqillik tarafdorlarining asosiy dalili: ularning ta'kidlashicha, Madridni boqish to‘xtatilsa, Kataloniyaning byudjyet defitsiti profitsitga aylanadi.
Shuningdek Kataloniya investitsiyalarning katta qismini jalb qilib keladi - Ispaniyadagi deyarli barcha xorijiy kompaniyalarining uchdan bir qismi mintaqa poytaxti, Barselonadan qo‘nim topgan. Masalan, Volkswagen va Nissan'ning Barselona ostida o‘z zavodlari bor.
Jiddiy tahdidlar
Ko‘p savollar javobsiz qolmoqda, Yevropa Ittifoqiga a'zolik ham shular jumlasidandir. Agar Kataloniya YeIga a'zolik uchun alohida ariza beradigan bo‘lsa, hozirgi blokning barcha a'zolarini, jumladan Ispaniyani ham uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashiga ko‘ndirishi kerak bo‘ladi.
"Hozirgi vaqtda Kataloniyaning YeI tarkibida mustaqil mamlakat bo‘lish uchun deyarli imkoni yo‘q", - deya keltiradi CNN Money nashri Berenberg Bank iqtisodchilarining so‘zlarini.
Blokdan chiqish Kataloniyada ishlab chiqarilgan va YeI hamda boshqa mamlakatlarga eksport qilinadigan tovarlar narxining oshish ehtimolini keltirib chiqaradi.
"U Jahon savdo tashkiloti a'zosi bo‘lmagan qisqa ro‘yxatdagi mamlakatlar qatoriga qo‘shiladi, bu degani, jiddiy savdo to‘siqlariga duch keladi", - deydi Londonning Capital Economics tadqiqot kompaniyasi iqtisodchisi Stiven Braun.
Braunning aytishicha, ushbu qadam Kataloniyada import tovarlar narxining oshishiga va, tabiiyki, ishchi o‘rinlarning yo‘qolishiga olib keladi.
Mustaqillik Kataloniya hukumati uchun davlat zaymlari jarayonini murakkablashtirishi mumkin: 2016 yilda Moody's va S&P reyting agentliklari uning kredit reytinglarini pasaytirdi.
Mintaqa ichki valyuta sifatida yevrodan foydalanishda davom etishi mumkin, biroq Yevropa markaziy bankidagi o‘rnini saqlab qola olmaydi.
Ispaniyaga nima bo‘ladi?
Ispaniya Oliy sudi referendumni nokonstitutsion deb atab, uni taqiqladi. Shunday bo‘lsa-da, separatist mintaqaviy hukumat baribir ovoz berish jarayonini qo‘llab-quvvatladi.
Bunday darajadagi ajralish Ispaniya byudjyetiga katta ziyon yetkazadi va noaniqlikni keltirib chiqaradi.
Agar Kataloniya bir tomonlama tartibdagi mustaqillikni e'lon qilsa, u davlat qarzidagi ulushidan voz kechishi mumkin.
"Hozircha ispan iqtisodiyoti qandaydir jiddiy ta'sir ostiga tushmagan bo‘lsa-da, Kataloniyaning ajralishi bilan iste'molchilar ishonchi pasayib, mahalliy biznes ziyon ko‘rishi mumkin", - deydi Braun.
Uyog‘i nima bo‘ladi?
Investorlar uchun eng dahshatlisi — bu noaniqlik. ING iqtisodchisi Jyeffri Minne shunday deydi:
"Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi kabi, Kataloniyaning ajralishi ham hech qanday yaxshilikka olib kelmaydi, deb hisoblaymiz - mintaqada uzoq muddatli noaniqlik muqarrar bo‘lib, hoynahoy, muammo xususiy sektorda bo‘ladi".
City Index tadqiqot bo‘limi rahbari Ketlin Bruksning so‘zlariga ko‘ra, separatistlarning referendumdagi g‘alabasi yevroning 5 foizga pasayishiga olib kelishi mumkin.
"Endi esa Kataloniya hukumati referendumning ijobiy yakunlarini Ispaniya hukumati bilan bo‘lg‘usi muzokaralarda asosiy qurol sifatida qo‘llashga harakat qiladi", - deydi IHS Markit'dan Lourens Allan.
Mavzuga oid
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026
Inqirozdan dunyo brendiga: Bilbao shahrining qayta tug‘ilishi
21:51 / 11.05.2026