Bugun, 3 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi rasmiy taşrifi doirasida BMTning din va e'tiqod erkinligi haqidagi masalalar böyiça maxsus dokladçisi Ahmad Şohid Içki işlar vazirligiga bordi.
Içki işlar vaziri Pölat Bobojonov bilan uçraşuvda tomonlar boşqa masalalar bilan bir qatorda ozodlikdan mahrum etilgan va hibsga olingan şaxslarning vijdon erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlaş masalalarini muhokama etişdi.
Qayd etilişiça, mahkumlarga vijdon erkinligi töliq kafolatlanadi va ularga istalgan diniga e'tiqod qiliş yoki birortasiga e'tiqod qilmaslik huquqi taqdim etiladi. Mahkumlar oldiga ularning iltimosiga köra, tegişli tartibda röyxatdan ötgan diniy birlaşmalar xizmatçilari taklif etilişi, diniy urf va marosimlarni ötkaziş, diniy anjomlar va adabiyotlardan foydalaniş imkoniyati taqdim etiladi.
Tomonlar bugungi kunda ötkazilayotgan keng miqyosli islohotlar natijasida Özbekiston ozodlikdan mahrum etilgan şaxslar soni böyiça jahonda eng past körsatkiçlardan biriga ega ekanligini qayd etişdi. Har mamlakatning har 100 ming aholisiga 137 nafar mahkum töğri keladi, bu esa MDH va Yevropa davlatlari hamda AQŞga taqqoslanganida eng past körsatkiçlardan biridir.
Özbekiston penitentsiar muassasalari tölganligi 80 foizga teng, holbuki jahondagi ayrim davlatlarning penitentsiar tizimlaridagi asosiy muammo — qamoqxonalarning haddan ziyod tölganligidir.
Bir kun oldin Ahmad Şohid Adliya vazirligida ham uçraşuv ötkazgan edi.
Adliya vazirligi rahbariyati bilan bölib ötgan uçraşuvda uşbu taşrif Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning BMT va boşqa nufuzli xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlaş borasidagi taşabbuslarining amaliy ijrosi natijasi ekani qayd etib ötildi.

Adliya vaziri Özbekiston Respublikasining inson huquqlari borasidagi xalqaro miqyosda tan olingan prinsip va me'yorlarga oğişmay amal qilişini alohida ta'kidlab ötdi.

BMT maxsus dokladçisi A.Şohid mamlakatimizdagi bu boradagi munosabatlarni tartibga soluvçi huquqiy baza bilan taniştirildi.
Şu bilan bir qatorda, Özbekiston din davlat va siyosatdan ajratilgan dunyoviy davlat ekani, diniy va boşqa körinişdagi fanatizm yoki ekstremizm, munosabatlarni keskinlaştiriş va ziddiyatlaştirişga qaratilgan xatti-harakatlar, turli konfessiyalar va sektalar örtasida nifoq uruğini soçişga yöl qöyilmasligi qayd etildi. Bundan taşqari, huquqiy davlatlarning aksariyatida bölganidek, diniy taşkilotlar yuridik röyxatdan ötişi va şaffof hisobdorlik yuritişi kerak.












