Vladimirdagi YTHda halok bo‘lganlar soni 21 kishigacha oshdi

Foto: TACC
Rossiyaning Vladimir viloyatida o‘zbekistonlik fuqarolar bo‘lgan avtobus va poyezd ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlar soni 21 nafargacha oshdi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda. Ulardan 3 nafarini bolalar tashkil qilmoqda.
Hammasi bo‘lib avtobusda haydovchi bilan birga 58 kishi bo‘lgan. Bundan avvalgi xabarlarda YTH oqibatida 17 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. Dastlabki versiyaga ko‘ra, avtobus tirbandlikka tushib qolgan. Haydovchi aylanib o‘tmoqchi bo‘lgan, buning uchun yon trassadan temir yo‘lga chiqqan. Lekin avtobus temir yo‘l ustida buzilib qolgan. Poyezd kelib urilishidan oldin avtobusdan chiqishga ulgurganlar omon qolgan. Ular avvaliga avtobusni itarib chetga olib chiqmoqchi bo‘lishgan, ammo buning iloji bo‘lmagan.
Avvalroq, YTH oqibatida jarohatlangan o‘zbekistonliklarni va halok bo‘lganlarning jasadlarini O‘zbekistonga olib qaytadigan maxsus samolyot Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi aeroportga qo‘nishi xabar berilgandi. Ma'lum bo‘lishicha, yo‘l-transport hodisasiga uchragan avtobusda bo‘lganlarning aksar qismi Surxondaryo viloyatidan.
«O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomoni jabrlanganlarga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatayotgan Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan avtohalokat oqibatida jarohatlangan o‘zbekistonliklarning holati va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar bo‘yicha o‘zaro ma'lumot almashib turibdi», deya ma'lumot bergan «Kun.uz»ga Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati.
Avtohalokat 6 oktabr Moskva vaqti bilan soat 03:30larda Vladimir viloyatidagi temir yo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan. YTHda temir yo‘l izlaridan o‘tish joyida to‘xtab qolgan avtobusga poyezd kelib urilgan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

11:10 / 26.12.2024
Vladimir oblastida haydovchi harbiy komissarlikka borib urildi

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024