Özbekiston hukumati Rossiyaning Vladimir viloyatida 6 oktabr kuni yuz bergan avtobus va poyezd töqnaşuvi oqibatida halok bölganlarning jasadlarini va omon qolgan Özbekiston fuqarolarini vatanga keltiriş uçun maxsus bort yubordi.
Ayni vaqtda baxtsiz hodisa oqibatida jarohatlangan özbekistonliklarga tibbiy yordam körsatiş uçun tezkor tibbiy guruh Rossiya Federatsiyasiga uçib ketgan.

«Davlatimiz ularga zudlik bilan tibbiy yordam körsatiş va yurtimizga olib keliş uçun barça çoralarni körmoqda. Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligida halokat oqibatida jabrlangan fuqarolarga tibbiy yordam körsatiş böyiça tezkor guruh tuzildi. Guruh Özbekiston soğliqni saqlaş vazirining örinbosari — Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Boş direktori Abduhakim Xadjibayev boşçiligidagi malakali jarroh, neyrojarroh, travmatolog, ortoped, reanimatolog-anesteziolog, nevrolog kabi mutaxassislardan tarkib topgan. Ular zarur tibbiy vositalar, dori-darmon zaxiralari bilan yetarli darajada ta'minlangan.
Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazida halokat oqibatida jabrlanganlarga yuqori malakali tezkor tibbiy yordam körsatiş uçun zaxira örinlari tayyorlandi. Qöşimça dori-darmon va tibbiy vositalar yetkazib berildi.
Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi tomoni jabrlanganlarga tezkor tibbiy yordam körsatayotgan Rossiya Federatsiyasi Soğliqni saqlaş vazirligi bilan avtohalokat oqibatida jarohatlangan özbekistonliklarning holati va körsatilayotgan tibbiy xizmatlar böyiça özaro ma'lumot almaşib turibdi», deya ma'lumot bergan «Kun.uz»ga Soğliqni saqlaş vazirligi Axborot xizmati.
Rossiyaning Vladimir viloyatidagi temiryöl kesişmalaridan birida 6 oktabr kuni avtobus va poyezd töqnaşuvi yuz berdi. Avtobusda 58 kişi bölgan, şundan 56 nafari Özbekiston fuqarolari. Töqnaşuv oqibatida, sönggi ma'lumotlarga köra, 21 kişi halok bölgan, şundan 19 nafari özbekistonlik. Şuningdek, yana ikki bola oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan. Avtobusdan çiqişga ulgurganlar omon qolgan.












