Jamiyat | 17:00 / 07.11.2017
126748
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekfilm»ga taniqli aktyor direktor etib tayinlandi

Fotih Jalolov «O‘zbekfilm» AJ direktori v.b etib tayinlandi. Bu haqda «O‘zbekkino» axborot xizmati xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, Jalolov bu lavozimga «O‘zbekkino» Milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirovning 2017 yil 30 oktabrdagi buyrug‘iga muvofiq tayinlangan.

"Sardor" filmidan kadr

Fotih Jalolov teatr va kino aktyori hisoblanadi. 1984 yilda A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr-rassomchilik institutining aktyorlik fakultetini tamomlagan. Bundan avval O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari bo‘yicha vazirining birinchi o‘rinbosari, «O‘zbekkino» tizimida ishlagan. Jalolov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekfilm»ning avvalgi direktori Hilol Nasimov 27 oktabr kuni aksionerlik jamiyatining navbatdan tashqari yig‘ilishida o‘z lavozimidan ozod qilingandi.

Mavzuga oid