Jahon | 20:40 / 16.11.2017
9342
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya temiryo‘l kompaniyasi poyezd jadvaldan 20 soniya ertaroq jo‘nagani uchun kechirim so‘radi

Foto: Wikipedia

Tokioning Tsukuba Express temiryo‘l kompaniyasi poyezdning belgilangan vaqtdan 20 soniya ertaroq qo‘zg‘algani uchun kechirim so‘ralgan press-relizni e'lon qildi. Voqea Ibaraki prefekturasidagi Akihabara stansiyasini Tsukuba stansiyasi bilan bog‘lovchi liniyada ro‘y bergan. Jadvalga ko‘ra poyezd joyidan 9:44 da qo‘zg‘alishi kerak bo‘lgan, biroq harakatlanish 9:43:40 da boshlangan, deb yozadi Japan Today. 

Xabar qilinishicha, ushbu liniyada poyezdlar 4 daqiqa intverval bilan yurishadi. Biroq bayonotida Tsukuba Express vakillari «mijozlarga tug‘dirilgan jiddiy noqulaylik uchun kechirim so‘rashlari»ni ta'kidlashgan.

Kompaniya vaqtdagi u qadar e'tibor bo‘lmagan farqqa qaramasdan «bu aholi o‘rtasida ma'lum bir norozilik keltirib chiqarishi, chunki poytaxt shaharlararo temiryo‘l kompaniyasi poyezdlar jadval bo‘yicha o‘z vaqtida yurishi to‘g‘risidagi va'dasini bajara olmagani»ni aytib o‘tgan.

«Garchi bu kechirim so‘rash uchun arzirli xato deb hisoblanmagan taqdirda ham, kechirim so‘rashning yomon tarafi yo‘q. Ayniqsa, poyezdning ertaroq jo‘nashi oqibatida paydo bo‘ladigan har qanday muammo yuzasidan taassuf izhor qilish talab etiladigan chog‘da», deyishgan Tsukuba Express vakillari.

Eslatib o‘tamiz, 27 oktabr kuni Toshkentdan Andijonga yo‘lga chiqqan poyezd jadvaldan 1 soatu 10 daqiqa kechikib yo‘lga chiqqani, manzilga esa 2 soatu 25 daqiqa kechikib yetib borgani haqida xabar bergan edik. Ushbu holat uchun «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ fuqarolardan nainki kechirim so‘radi, hattoki hech kim tushuntirish ham bergani yo‘q.

Mavzuga oid

E`lonlar