Samarqandda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha targ‘ibot ishlari kuchaytirilmoqda
Samarqand viloyati hududida viloyab IIB YXH boshqarmasi tomonidan harakat xavfsizligini ta'minlash hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha boshqarma va uning joylardagi bo‘linmalari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi KUN.UZ’ga boshqarma axborot xizmati.
Joriy yilning o‘tgan 10 oyi ichida amalga oshirilgan targ‘ibot va tashviqot ishlariga nazar tashlansa, viloyat hududidagi muntazam yo‘l-patrul xizmati (YPX) maskanlari orqali harakatlanib o‘tayotgan haydovchilar va boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarini hushyorlikka da'vat qiluvchi 10 mingdan ortiq murojaatnoma va bukletlar tayyorlanib, aholiga tarqatilmoqda.
Samarqand shahridagi chorrahalarda o‘rnatilgan katta hajmdagi va yo‘llarda o‘rnatilgan kichik hajmli elektron tablolar, shuningdek, yo‘l chetlaridagi reklama bannerlarida ham hushyorlik va xavfsizlikka da'vat etuvchi ijtimoiy reklamalar joylashtirilmoqda.
Shu bilan birga, viloyati hududida aholiga sifatli transport xizmati ko‘rsatilishini tashkil etish hamda yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari oldini olish maqsadida korxona, tashkilotlarda haydovchi va ishchi-xizmatchilar bilan 453 marta profilaktik uchrashuvlar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, yo‘l harakati ishtirokchilarini hushyorlikka chaqirish va e'tiborini jalb etish maqsadida yo‘lovchi tashishi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 147 ta yo‘nalishdagi avtobuslarda va 2723 ta yo‘nalishsiz yengil avtomobil (taksi)larning orqa oynasiga turli targ‘ibot chaqiriqlari va shiorlari yopishtirildi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

22:56 / 17.02.2020
Samarqandlik fuqaroning xonadonidan 2 yarim kiloga yaqin «marixuana» topildi

18:18 / 14.12.2019
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari: «Kadrlarni to‘g‘ri tanlashimiz kerak»

07:46 / 14.12.2019
Rossiya IIV vakillari Samarqandda innovatsion «Situatsion markaz» bilan tanishishdi

17:10 / 17.09.2019