Viloyatlarda ishlash tashabbusi bilan chiqqan shifokorlarga 50 foiz miqdorida oylik ustama haqi to‘lanadi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Yurtimizda tibbiy xizmat sifatini oshirish, aholi salomatligini mustahkamlash bilan bog‘liq masalalar davlatimiz rahbarining doimiy diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Qisqa fursat ichida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev rahbarligida sog‘liqni saqlash tizimi mutasaddilari bilan besh marotaba uchrashuv o‘tkazilishi, sohani kompleks rivojlantirishga qaratilgan o‘ttizdan ortiq farmon va qarorlar e'lon qilingani ham buning yaqqol isboti.
Ushbu yig‘ilishlarning har birida davlatimiz rahbari viloyatlarda tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha alohida topshiriq va vazifalar bergan edi, deb xabar beradi KUN.UZga sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.
Xususan, 18 oktabr kuni tibbiy islohotlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilishda Prezidentimiz qat'iy ta'kidlaganidek, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatining hududlarda yetarli darajada emasligi tibbiyot oldida turgan dolzarb masalalardan biri. Tan olish kerak, hududlardan yuqori texnologik tibbiy yordam olish uchun Toshkent shahriga kelish aholi tomonidan ko‘plab e'tirozlarga sabab bo‘layotgan edi.
Ushbu masalalarni bartaraf etish maqsadida viloyatlarda ishlash tashabbusi bilan chiqqan yetakchi mutaxassislardan 134 nafar nomzod tanlab olindi. Ular hozirda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlariga, jumladan, bolalar shifoxonalari, endokrinologiya, kardiologiya, silga qarshi, teri-tanosil dispanserlari, onkologiya markazi filiallari, yuqumli kasalliklar shifoxonalarida faoliyat olib bormoqda.
Bu esa viloyatning o‘zida eng noyob va yuqori texnologik operatsiyalarni o‘tkazish imkoniyatini paydo qilmoqda. Birgina Samarqand viloyati misolida ko‘radigan bo‘lsak, viloyatda poytaxtdan borgan turli ixtisoslikdagi 8 nafar malakali mutaxassis ish boshladi.
— Filialda faoliyat boshlaganimdan buyon o‘tgan qisqa vaqt ichida ilgari faqat poytaxtda yoki xorijda qilingan 4 turdagi eng murakkab jarrohlik amaliyotlarini filialning o‘zida yosh mutaxassislar bilan birga bajardik, — deydi respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali direktori Mirjalol JO‘RAYeV. — Misol uchun, qizilo‘ngach, oshqozon, me'da osti bezi, yo‘g‘on ichak, jigar saratoni xastaliklarini samarali davolash imkoniyati oshmoqda. Qizilo‘ngach saratonida a'zoning 80 foizini olib, uning o‘rniga oshqozondan trubka yasab ko‘krak bo‘shlig‘iga ulash, jigar saratonida jigarning 60–65 foizini rezeksiya qilish, sun'iy oshqozon yaratish kabi noyob operatsiyalar Samarqand tibbiyoti tarixida ilk bor bajarildi. Hozirga qadar 22 ta shunday operatsiya o‘tkazgan bo‘lsak, ularning barchasi muvaffaqiyatli o‘tdi. Endi har qanday murakkab jarrohlik ishlarini filialning o‘zida bajarish imkoniyati borligi samarqandliklarni quvontirmoqda.
Viloyatlarda faoliyat boshlagan mutaxassislarning mehnatini munosib baholash maqsadida shu yilning 10 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining «Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, Respublika tasarrufidagi tibbiyot muassasalaridan viloyat tasarrufidagi tibbiyot muassasalariga rahbar lavozimlarga yuborilgan xodimlarning tarif stavkalariga 50 foiz miqdorida oylik ustama haq to‘lanishi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari samarali hamda maqsadli ishlatilishiga tibbiyot muassasasi qoshidagi maxsus komissiya va muassasa rahbarlari javobgar hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Latviya o‘zbekistonlik haydovchilarni Boltiqbo‘yi va Skandinaviya mamlakatlarida ishga joylashtiradi
O‘zbekiston | 14:12
-
Reuters: Rossiya harbiy ta’minot uchun AQSh firmasidan foydalanmoqchi
Jahon | 13:53
-
Hududlarda yer maydonlari bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
O‘zbekiston | 13:48
-
Falastinni tan olmoqchi bo‘layotgan Fransiya, Trampdan Putinga so‘nggi ultimatum va «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqargan Rossiya - kun dayjesti
Jahon | 13:46
Mavzuga oid

21:45 / 16.04.2025
Germaniyada shifokor 15 nafar bemorni o‘ldirganlikda gumonlanmoqda

17:29 / 14.04.2025
“Bemor 12 soat qarovsiz qolgan” – telejurnalist Ramina Yagafarova o‘limi bo‘yicha ikki shifokor jinoiy jazoga tortildi

22:59 / 07.04.2025
Hindistonda soxta kardiojarroh 15 kishini operatsiya qildi. Kamida yetti bemor vafot etdi

15:21 / 29.03.2025