O‘zbekistonda mudofaaga oid yangi davlat qo‘mitasi tashkil etildi

Foto: O‘zA
20 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorini imzoladi.
Qaror mazmuniga ko‘ra, yangi tashkil etilayotgan davlat qo‘mitasi mamlakatda mudofaa maqsadidagi buyurtmalar va ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha yagona siyosatni muvofiqlashtirib boradi.
Shuningdek, hujjatda mazkur qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tizimiga qurol-yarog‘, harbiy texnika, moddiy buyumlarni yetkazib berish va ta'minlash bilan shug‘ullanishi belgilab qo‘yilgan.
Yangi tashkil etilgan qo‘mita tarkibiga «O‘zmaxsusimpeks», «Sharq» DUK va Chirchiq aviasozlik ta'mirlash zavodi kiritilgan. 2018 yil 1 yanvardan boshlab, O‘zbekiston hududida harbiy-texnika vositalarini ishlab chiqarish, ta'mirlash, tayyorlash va yetkazib berish ushbu qo‘mita taqdim etgan litsenziyasi asosida amalga oshiriladi.
Joriy yil oktabr oyi so‘ngida Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Dmitriy Rogozin O‘zbekistonga tashrif buyurib, «Rossiya harbiy-sanoat sohasini rivojlantirishda rasmiy Toshkentga maslahat orqali ko‘mak berishi»ni ta'kidlagandi.
Eslatib o‘tamiz, 26 iyul kuni Turkiya Respublikasi milliy mudofaa vaziri Nurettin Janikli rahbarligidagi delegatsiya Toshkent shahrida harbiy-texnika sohasida ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar imzolagandi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi davomida «O‘zavtosanoat» AJ va Turkiyaning harbiy texnika ishlab chiqarish sohasida yetakchi kompaniyasi sanaladigan Nurol Makina ve Sanayi A.Ş.shirkati o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangan. Unga ko‘ra, Ejder Yalçın 4x4 bronetransporterlarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent metrosida poyezd harakat tarkibida texnik nosozlik yuz berdi
Jamiyat | 10:00
-
AQShda dronlarga qarshi mikroto‘lqinli qurol sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Jahon | 09:50
-
Transportni piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi
Jamiyat | 09:45
-
AQShning davlat qarzi chegarasi yana oshiriladi
Jahon | 09:44
Mavzuga oid

08:30 / 07.04.2025
Britaniya va Fransiya «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» mudofaa vazirlarini yig‘moqda

21:28 / 22.03.2025
Germaniyada armiyani moliyalashtirish uchun Konstitutsiya o‘zgartirildi

14:59 / 21.03.2025
Yevropa Ittifoqi mudofaa tayyorgarligini oshirish bo‘yicha ishlarni tezlashtiradi

21:51 / 04.03.2025