Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Turkiyaga taşrifi davomida «Özavtosanoat» AJ va Turkiyaning harbiy texnika işlab çiqariş sohasida yetakçi kompaniyasi sanaladigan Nurol Makina ve Sanayi A.Ş. şirkati örtasida anglaşuv memorandumi imzolandi. Unga köra, Ejder Yalçın 4x4 bronetransporterlarini Özbekistonda işlab çiqariş yölga qöyiladi.
Kelişuv asosida Özbekistondagi qöşma korxonada şunday maşinalardan jami 1000tasini tayyorlaş rejalaştirilgan. Hujjat bunday harbiy texnikalarni uçinçi davlatga sotişni ham közda tutgan.
Anadölu xabarida qayd etilişiça, Ejder Yalçın Rossiya va Xitoyda işlab çiqariladigan şunday turdagi texnikalar bilan raqobatlaşa oladi.
Zirhli Ejder Yalçın 4x4 transport vositasini işlab çiqariş 2014 yilda boşlangan. Turkiya xavfsizlik kuçlari asosan şu texnikadan foydalanadi.
Qayd etilişiça, Özbekistonda bunday qöşma korxonani işga tuşiriş uçun Rossiya va Xitoydagi kompaniyalar ham da'vogarlik qilgandi.
Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyevning Turkiyaga 25-26 oktabr kunlarida amalga oşirgan davlat taşrifi doirasidagi muzokaralar yakunida iqtisodiyot, savdo-sotiq, sanoat, bank-moliya, investitsiya, turizm, transport-logistika, soğliqni saqlaş, kadrlar tayyorlaş, mudofaa va boşqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirişga doir 20 dan ziyod hujjat qabul qilindi.














