2017 yilning 26 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida Turkiya Respublikasi Mudofaa vaziri Nurettin Janikli boşçiligidagi delegatsiyasining Özbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Qobul Berdiyev bilan uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz’ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sönggi yillarda harbiy va harbiy-texnik sohalardagi davlatlararo munosabatlarda ijobiy tendensiyalar közga taşlanmoqda. Turkiya Mudofaa vazirligiga qaraşli harbiy öquv muassasalari va markazlarida ötkaziladigan 12 ta tayyorgarlik kurslarida Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari harbiy xizmatçilarini 2018 yilda öqitişni taşkil qiliş böyiça kelişuvlarga erişildi.
Har ikki mamlakatning özaro hamkorlik masalalari butun Markaziy Osiyo mintaqasining xavfsizligi va barqaror rivojlanişini ta'minlaşda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

2017 yil iyunida «NUROL» kompaniyasining «EJDER 4x4» tipidagi yengil zirhli avtomobillarining Özbekiston şaroitidagi sinovlari muvaffaqiyatli ötdi. Hozirgi vaqtda Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ehtiyojlari uçun mazkur önlab harbiy texnikalarni xarid qiliş, şuningdek ularni Turkiya tomoni investitsiyalarini jalb qilgan holda Özbekiston hududida hamkorlikda işlab çiqariş yoki qöşma korxona taşkil qiliş masalalari ham körib çiqilmoqda.
Özbekiston va Turkiya mudofaa vazirliklari harbiy-ta'lim muassasalari professor-öqituvçilari tarkibining özaro tajriba va bilim almaşişlarini amalga oşiriş maqsadida tomonlar harbiy ta'lim sohasida hamkorlik töğrisidagi hukumatlararo bayonoti loyihasini işlab çiqmoqda. Harbiy-texnik sohadagi ikki tomonlama özaro munosabatlarga töxtalganda, avvalo, Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari ehtiyojlari uçun qurol-yaroğ va harbiy-texnik mulk xarid qiliş maqsadida grant vositalarini taqdim etiş amaliyotining qayta tiklanayotganini ta'kidlaş joiz.


Uçraşuv davomida tomonlar har ikki davlatning mudofaa idoralari örtasida döstona, uzoq muddatli va oçiq munosabatlar mavjudligini ta'kidlab ötdilar hamda mintaqada tinçlik va barqarorlikni saqlaş, ikki mamlakat xalqlarining manfaatlarini közlovçi özaro hamkorlik va işonçni yanada mustahkamlaş yölidagi faol amaliy muloqot bundan buyon ham rivojlanişiga işonç bildirdilar.













