Shavkat Mirziyoyev: Seul, Koreya va uning xalqiga bo‘lakcha mehr qo‘ydim

Foto: Koreya prezidenti matbuot-xizmati
24 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi poytaxti meriyasiga tashrif buyurdi. Davlat rahbarini Seul shahri meri Pak Von Sun kutib oldi. Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Janubiy Koreyani do‘stlik rishtalari, o‘zaro manfaatli hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkam bog‘lab turgani alohida ta'kidlandi.
«Biz O‘zbekistonda sizlarning muvaffaqiyat tarixingizni sinchiklab o‘rganmoqdamiz. O‘zbekistondagi islohotlar ham o‘z vaqtida Koreyada bo‘lgani kabi, shunday intensiv sur'atda ketishiga harakat qilmoqdamiz», - deya aytib o‘tdi prezident Mirziyoyev.
O‘zbekiston prezidentining ta'kidlashicha, Seul, uning arxitekturasi, transport tizimi, tozaligi juda ham yoqqan. «Shu kunlar davomida men Seul, Koreya va uning xalqiga bo‘lakcha mehr qo‘ydim», - deya aytib o‘tdi prezident.
Mavzuga oid: Mirziyoyevga Seul shahrining faxriy fuqarosi unvoni berildi
O‘zbekiston prezidenti davlat tashrifining ikki kuni davomida juda ko‘plab muhim uchrashuvlar va muzokaralar bo‘lib o‘tganini ta'kidladi. U koreys xalqi o‘zining uzoq yillik mehnati bilan dunyoda «Koreya iqtisodiy mo‘'jizasi» deb tan olingan iqtisodiy farovonlikka erishgani uchun katta hurmatga loyiqligini qayd etib o‘tdi.
«Ushbu tashrif davomida biz hamfikrlar, ko‘plab yangi sheriklar va do‘stlarni topdik», - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid: O‘zbekiston va Janubiy Koreya deyarli 9 mlrd. dollarlik kelishuvlarni imzoladi
Davlat rahbari xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik ramzi sifatida Toshkent shahrida Seul ko‘chasini tashkil qilish taklifini bildirdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevga Seul shahri faxriy fuqarosi unvoni tantanali topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 22-25 noyabr kunlari Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje Inning taklifi bilan ushbu mamlakatda davlat tashrifini amalga oshirmoqda.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya Shavkat Mirziyoyevning Seulga davlat tashrifi birinchi kuniyoq 8,9 milliard dollarlik hujjatlar hamda kelishuvlarni imzoladi.
Mavzuga oid: Shavkat Mirziyoyev koreyaliklarga «master-klass» o‘tdi
23 noyabr kuni esa davlat rahbari Seulda ikki mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, yetakchi ishbilarmonlari ishtirokidagi Janubiy Koreya –O‘zbekiston biznes-forumida qatnashdi. Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan muloqot qilishdagi xalqchil uslubi mezbonlarda katta taassurot qoldirgan. «Biz sizdan rahbar va tadbirkorlar o‘rtasidagi muloqot uslubini o‘rganamiz. Bugun siz bizga master-klass o‘tdingiz», dedi Koreya delegatsiyasi vakillaridan biri.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda ko‘p qavatli uy tomiga o‘zboshimchalik bilan restoran qurilgani aniqlandi
Jamiyat | 22:10
-
Isroil tez orada G‘azoga «to‘liq kuch bilan» kiradi – Netanyahu
Jahon | 22:07
-
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi
Jamiyat | 22:06
-
Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish bo‘yicha qat’iy talablar o‘rnatiladi
O‘zbekiston | 22:04
Mavzuga oid

20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi

19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

16:30 / 01.10.2024