Özbekiston va Janubiy Koreya Şavkat Mirziyoyevning Seulga davlat taşrifi birinçi kuni 8,9 milliard dollarlik hujjatlar hamda kelişuvlarni imzoladi. Bu haqda davlat rahbarining taşrifini yoritiş böyiça matbuot markazi xabar bergan.
Ma'lumotlarga köra, 75 ta hujjat imzolandi. Xususan, energetika va neftgazkimyo sohasida – 2,95 mlrd. dollarlik, bank-moliya sohasida – 2,7 mlrd. dollarlik, quriliş va infratuzilmani rivojlantirişda – 1,7 mlrd. dollarlik kelişuvlar imzolangan.
Bundan taşqari, Özbekiston Taşqi savdo vazirligi, «Olmaliq TMK» AJ va Koreya noyob metallar instituti (KIRAM) ilmiy-texnikaviy va innovatsion faoliyat sohasida hamkorlik töğrisida «yöl xaritasi»ni imzolaşdi. Koreya xodimlarni rivojlantiriş instituti va Özbekiston taşqi mehnat migratsiyasi masalalari böyiça agentlik hamkorlik haqida memorandum, Koreya xalqaro hamkorlik böyiça agentligi (KOICA) hamda Özbekiston Respublikasining Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi 2018-2019 yillarga möljallangan hamkorlik dasturini amalga oşiriş töğrisidagi memorandumni imzoladi.
Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga davlat taşrifi 25 noyabr kuni öz nihoyasiga yetadi.

















