Prezident Şavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi poytaxti meriyasiga taşrif buyurdi. Davlat rahbarini Seul şahri meri Pak Von Sun kutib oldi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Şavkat Mirziyoyev faxriy mehmonlar kitobiga özining tilaklarini yozib qoldirdi.
Uçraşuvda Özbekiston bilan Janubiy Koreyani döstlik riştalari, özaro manfaatli hamkorlik va strategik şeriklik munosabatlari mustahkam boğlab turgani alohida ta'kidlandi.
Özbekistonda Janubiy Koreyaning yetakçi kompaniyalari va banklari iştirokida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida önlab yirik loyihalar amalga oşirildi va amalga oşirilmoqda. Rasmiy Seul mamlakatimizda sanoat va infratuzilmani diversifikatsiya va modernizatsiya qilişga doir ustuvor dasturlarni amalga oşirişda an'anaviy yetakçi investitsion va texnologik şerik hisoblanadi.
Joriy yil 3 iyul kuni Seul şahri meri Pak Von Sun Toşkentda davlat rahbari qabulida bölib, birodarlaşgan şaharlar – Toşkent va Seul örtasida amaliy hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qilgan edi.
Bugungi uçraşuvda zamonaviy texnologiyalar asosida şaharni boşqariş, transport tizimi va uy-joy kommunal xöjaligini rivojlantiriş böyiça samarali tizimni taşkil etiş sohasida Janubiy Koreyaning ilğor tajribasidan foydalaniş masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Şaharsozlik, arxitektura va landşaft dizayni sohalarida özaro faol hamkorlik qiliş muhimligi qayd etildi.
Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevga Seul şahrining faxriy fuqarosi unvonini berişga bağişlangan marosim bölib ötdi. Marosimda sözga çiqqanlar Özbekiston bilan Koreya Respublikasi örtasidagi hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotgani, ikki mamlakat örtasidagi döstlik munosabatlari yanada mustahkamlanişida prezident Şavkat Mirziyoyevning davlat taşrifi muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etdi.
Davlat rahbari xalqlarimiz örtasidagi döstlik ramzi sifatida Toşkent şahrida Seul köçasini taşkil qiliş taklifini bildirdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyevga Seul şahri faxriy fuqarosi unvoni tantanali topşirildi.

















