Sherzod Shermatov hukumat tarkibiga qo‘shilgan yangi vazirlar haqida fikr bildirdi
Avvalgi xabarlarimizda, 28 noyabr kuni O‘zbekiston hukumati tarkibida ko‘plab o‘zgarishlar yuz berganini ma'lum qilgan edik. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri v.b. Sherzod Shermatov hokimiyat tarkibidagi o‘zgarishlar haqida o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida munosabat bildirdi.
"Bizlarga xorijda ta'lim olishga imkoniyat bergan "Umid" dasturining 4 nafar bitiruvchisi - Vazirlar Mahkamasi tarkibida.
Ikkita yangi kelganlar: Tashqi savdo vaziri (Jamshid Xo‘jayev) hamda Innovatsion rivojlanish vaziri (Ibrohim Abdurahmonov).
Prezidentimiz keng ko‘lamli va muhim ahamiyatga ega islohotlar dasturini olg‘a surishga intilmoqda. Shu sababli ular xorijiy bilimga ega insonlarni targ‘ibot qilishga va yuqori martabali lavozimlarga tayinlash orqali islohotlar amalga oshirishga katta e'tibor qaratmoqdalar. Garchi, mazkur jiddiy o‘zgarishlarning ayrimlarini amalga oshirilishiga vaqt kerak bo‘lsa-da, bu sa'y-harakatlar odamlarning hayotida chinakam o‘zgarishlar shaklida o‘zini oqlashiga umid qilaman", - deya qayd etgan Shermatov o‘z postida.
Bu tendensiya islohotlar jarayoniga qo‘shilish istagida bo‘lgan boshqa umidchilar, shuningdek, xorijiy ta'lim va tajribaga ega insonlarga belgi bo‘lishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi xabarlar orqali O‘zbekistonda yangi vazirlik - Innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tashkil etilishi haqida ma'lum qilgan edik. Yangi vazirlikka O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Ibrohim Yo‘lchiyevich Abdurahmonov rahbarlik qiladi.
Ibrohim Abdurahmonov 1975 yilning fevralida Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Toshkent Davlat universitetini (hozirgi O‘zMU) tamomlagan, 2001 yilda Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universitetini tugatgan. «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Shuningdek, Kun.uz O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev o‘z lavozimini tark etib, uning o‘rnini shu yil avgustidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Jamshid Abduhakimovich Xo‘jayev egallaganini ham ma'lum qilgan edi.
Mavzuga oid
21:36 / 24.10.2024
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatildi va Migratsiya agentligi tashkil etildi
18:22 / 24.10.2024
«O‘zagroinspeksiya» hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi
14:40 / 24.10.2024
“Ko‘proq ingliz tilida kontent qiling” – Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga ko‘proq daromad olish uchun tavsiya berdi
18:28 / 26.09.2024