Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 34-03 sonli qarori bilan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga özgarişlar kiritildi. Unga köra, hukumat tarkibida Investitsiyalar, innovatsion rivojlantiriş, erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlaştiriş, turizm masalalari kompleksi taşkil etildi.
Kun.uz manbasi xabariga köra, yangi kompleksga Suxrob Rustamoviç Xolmuradov rahbarlik qiladi, u Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari etib tayinlangan.
Suxrob Rustamoviç 1973 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan, millati özbek. U 2000 yilda Toşkent Moliya institutini tamomlagan. 1993 yildan buyon bank tizimida faoliyat yuritib keladi. U şu yilning martida Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki («Milliy bank») boşqaruv raisi etib tayinlangandi.
Öz navbatida, 2016 yil kuzidan şu vaqtgaça «Sanoatqurilişbank» rahbari hisoblangan Alişer Qudratullayeviç Mirsoatov «Milliy bank»ka rais bölgan. 1974 yilda Toşkent şahrida tuğilgan Alişer Mirsoatov 1996 yildan buyon bank tizimida faoliyat körsatib kelmoqda.

















