Jahon | 10:39 / 13.12.2017
17123
2 daqiqa o‘qiladi

«Oshiriladi!». Kim Chen In yadroviy kuchlar haqida va'da berdi

Foto: Reuters

KXDR yetakchisi Kim Chen Inning ma'lum qilishicha, shimoliy koreyalik olimlar hamda ishchilar “yadroviy kuchlarni sifat va son bo‘yicha mustahkamlash” uchun “eng yangi qurol va uskunalarni” ishlab chiqarishda davom etadi, deb xabar bermoqda Reuters Koreya Markaziy telegraf agentligiga tayangan holda.

KXDR yetakchisi bunday bayonot bilan Hwasong-15 qit'alararo ballistik raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgani munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosim chog‘ida chiqish qildi. Uning ma'lum qilishicha, “shu tariqa bizning davlatning butun dunyodagi qudrati va kuchi yana bir karra ko‘rsatib berildi”.

Kim Chen In raketani yaratish va sinovdan o‘tkazish jarayonida ishtirok etgan barchani shaxsan o‘zi medallar bilan taqdirlagan.

Shuningdek uning ma'lum qilishicha, KXDR ko‘proq turli xil qurollarni ishlab chiqarishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR AQShga oid bayonot bilan chiqqani xabar berilgandi. KXDRning BMTdagi doimiy vakolatxonasi AQSh va uning ittifoqchilari Shimoliy Koreya bilan «siyosiy va harbiy qarama-qarshilikda» mag‘lub bo‘lishgani haqida ma'lum qildi. 

Mavzuga oid