Xitoy suv tozalovchi superbakteriya ishlab chiqarmoqda

Foto: Ozone Pure Water
2015 yilda oqava suvlarga nisbatan qat'iy qoidalar kuchga kirdi. Ular chiqindilarni tartibga solish, tozalash texnologiyalarini joriy qilishni rag‘batlantirish va ekologiya qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni oshirish kabilarni o‘z ichiga oladi. Bu choralar shundoq ham yer narxi va ishchi kuchining qimmatlashganidan zarar ko‘rayotgan Xitoy korxonalari uchun ortiqcha tashvish bo‘ldi. Kompaniyalar inqirozni chetlab o‘tish maqsadida ishlab chiqarishni avtomatlashtirishi yoki yangi tozalash texnologiyalariga murojaat qilishi kerak.
Ifloslantiruvchi vositalarning eng asosiy manbalaridan biri Xitoy to‘qimachilik sanoati hisoblanadi. U arzon kiyimlarni ishlab chiqaradi, biroq buning evaziga keng ko‘lamli ifloslanish yuzaga keladi. Jamoatchilik bosimi ostida H&M, Zara, Nike va Adidas kabi jahonning yetakchi brendlari suv sifati standartlarini qabul qilishgan va 2020 yilga borib, xavfli kimyoviy moddalar chiqindilari ko‘rsatkichini nolga tenglashtirishga erishishni rejalashtirishgan. Biroq iste'molchilar uchun narxlarni oshirmay, bunga erishishning iloji yo‘q.
Bakteriyalardan foydalanish hal qiluvchi qaror bo‘lishi mumkin. TAL kompaniyasi matolarni yuvishda kimyoviy moddalar o‘rniga mikroorganizmlarni qo‘lladi va bu chiqindilarni 80 foizga qisqartirdi. Kompaniya avval bakteriyalarni boshqa laboratoriyalarda sotib olgan, biroq o‘tgan yili DNKni tartibga solishga asoslangan va "superbakteriyalar"ni topishga yo‘naltirilgan, narx va samara bo‘yicha muqobillarni ortda qoldiruvchi shaxsiy tadqiqot dasturini yo‘lga qo‘ydi.
Tadqiqotchilar ikki yil ichida muvaffaqiyatga erishishmoqchi. Shundan so‘ng ular ishlanmalarini boshqa kompaniyalar bilan bo‘lishishadi. Bunday qaror ayni muddao bo‘ladi, zero aksariyat ishlab chiqaruvchilarda suv tozalash tizimlarini o‘rnatish va modernizatsiya qilishga yetarli mablag‘ yo‘q. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ularning ko‘pchiligi yangi talablardan ancha zarar ko‘rmoqda va yopilish xavfini his qilmoqda.
Xitoy chiqindilarni muammo deb hisoblaydi, lekin to‘g‘ri yondashuv ularni qimmatbaho xomashyoga aylantirishi mumkin. Masalan, Toyota qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan elektr energiyasi va vodorod ishlab chiqarmoqchi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston osmonida qatorlashib uchayotgan jismlar ko‘rindi. «O‘zbekkosmos» holatni tushuntirib berdi
Jamiyat | 18:34
-
Shavkat Mirziyoyev Mulla Abdul G‘ani Barodarni qabul qildi
O‘zbekiston | 18:33
-
Chikagodagi tungi klubda otishma yuz berdi. Uch kishi halok bo‘ldi va 16 kishi yaralandi
Jahon | 18:15
-
«Jasorat maktablari»ga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
Jamiyat | 18:11
Mavzuga oid

11:49
Kallas Xitoy kompaniyalarini urushda Rossiyaga yordam berishni to‘xtatishga chaqirdi

08:03
Xitoy YeIni «global barqarorlik» uchun o‘zaro hamkorlikka chaqirdi

21:12 / 02.07.2025
Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqarishni kengaytirishda kutilmagan muammoga duch keldi

14:34 / 02.07.2025