Joriy yilda yetakçi avtokonsernlar yaqin yigirma yil içida elektromobillar işlab çiqarişga töliq ötilişi haqida e'lon qilişdi. Bu esa energoresurslar bozoriga özining jiddiy ta'sirini ötkazişi mumkin, deb yozadi Forbes.ru

Jahonning kelajakdagi neft bozori uçun asosiy voqea sentabr oyining boşlarida Xitoy sanoat va axborot texnologiyalari vaziri Sin Gobingning hukumat içki yonuv dvigatellariga ega avtomobillar sotuviga yakuniy taqiq qöyilişi muddatini manfaatdor tomonlar bilan muhokama qilayotgan töğrisidagi bayonoti böldi. E'tibor qiling — taqiqning özi emas, uning muddati muhokama bölyapti.

Xitoy vazirining bayonotidan söng ikki kun ötib, dunyodagi eng yirik avto işlab çiqaruvçilardan biri — Volkswagen 2030 yildan boşlab faqat elektromobillar işlab çiqarişini e'lon qildi. Buning uçun u elektromobillar dasturiga 20 mlrd yevro sarmoya kiritadi, yana 50 mlrd yevroni ular uçun batareyalar xarid qilişga sarflaydi. Şimoliy Amerikaning eng yirik avtomobilsozi General Motors ham kompaniyaning yangilangan strategiyasini taqdim etdi.

Elektromobillarga dov tikiş

Şimoliy Amerika “katta uçligi”ning ikkinçi vakilining yangi rahbari Ford içki yonuv dvigateli loyihalaridan 4,5 mlrd dollar ayirib, elektromobillar işlab çiqarişga boş qöşişini e'lon qilgan bölsa, Yaponiyaning Toyota’si 2015 yilda tasdiqdan ötib bölgan strategiyani özgartirib, içki yonuv dvigatelidan 2050 yilda emas, 2040 yilda töliq voz keçilişini ma'lum qildi.

Içki yonuv dvigatelidan voz keçiş haqida yaponlarning Mazda’si (2030-yillar birinçi yarmida), nemislarning Opel’i (Yevropa bozorlarida 2024 yildan), şvedlarning Volvösi (2019 yildan) e'lon qilib bölgan, fransuz-yapon alyansi Renault–Nissan rahbari Karlos Gon esa, 2040 yilga kelib, dizelli va benzinli transportlar qolmasligini ta'kidlagan.

2025 yildan 2040 yilgaça bölgan oraliqda içki yonuv dvigatelidan voz keçiş haqida Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya hukumatlari bayonot berib bölişgan. Hindiston hukumati ham 2030 yildan boşlab barça avtotransport vositalarini elektromobillarga almaştiriş rejasini muhokama etmoqda.

Agar bularning barçasi yiğilsa, tört yirik bozorning uçtasi — Xitoy, Yevropa va Yaponiya içki yonuv dvigatellariga ega avtomobillar uçun yöq böldi hisob.

Jahon avtoparkining elektromobillaşişiga nisbatan konservativ qaraşlari öz-özidan tuşunarli bölgan OPEC ham öz prognozlarida 2035 yildan boşlab içki yonuv dvigatellaridan voz keçiş neft iste'moli qisqarişini boşlab berişini va 2040 yilga borib qisqariş 3–5 foizni taşkil etişini körsatib ötgan. Lekin OPEC’ga xos tarzda öz prognozida bir çimdim qalampir ketidan bir qop şakar ham taqdim etgan: uning tahlilçilari fikriça, 2018–2035 yillarda neftga bölgan talab uçdan bir qismga ösadi.