Apple, Microsoft, Sony. Ularning logotipiga birgina nigoh tashlash ham iste'molchida ma'lum bir reaksiyani uyg‘otadi va iste'mol bazasi hamda kompaniya ideallari o‘rtasida bog‘liqlikni yuzaga keltiradi. Shu bilan birga, oddiy dizayndagi logotip kompaniyani g‘alati yoki xaridor uchun begona qilib qo‘yishi mumkin.
Ba'zi brendlar doimiy ravishda o‘zgarib boruvchi fikrlar va bozor trendlariga yetib olish uchun o‘z logotiplarini o‘zgartiradi; boshqalari esa avvalgi dizayn kompaniyaning haqiqiy g‘oyalarini aks ettirmayotganini to‘satdan payqab qolishadi.
Mavzuga oid: Video: yashirin ma'noga ega bo‘lgan 17 ta logotip
Mavzuga oid: Apple nok va boshqa mevalarga qarshi
Vaqt sinovidan o‘ta olmagan logotiplarning ba'zi namunalari quyida keltiriladi.
Apple

Apple brendining sinonimlari bo‘lgan oddiylik va erkin uslub aslida kompaniyaning birinchi logotipida umuman yo‘q – unda ser Isaak Nyutonning olma daraxti tagida o‘tirgani tasvirlangan. Dizayn Apple’ning o‘sha mashhur va rangli logotipiga bir yildan so‘ng o‘zgartirildi.
Yana bir qiziq fakt: kompaniya aslida Nyutonning mashhur olmasi sharafiga nomlanmagan, balki Stiv Jobsning «mevali» parhezlaridan biri nomini olgan.
Sony

Sony hozirgi logotip uchun qo‘llaydigan shrift kompaniyaning ba'zi mahsulotlari kabi chuqur tasavvur uyg‘otadi. Biroq, 1958 yilgi logotipda abadiy klassika g‘oyasidan brendning futuristik obrazini yaratishga urinish sabab voz kechishga qaror qilindi.













