16:33 / 24.01.2018
14159

Olmaliqda “Suvoqava” korxonasi bosh muhandisi 24 yoshli yigitning qorniga pichoq urdi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, Olmaliq shahrida 20 yanvar soat 23:55larda A.Temur ko‘chasi 15-uy 24-xonada yashovchi, “Suvoqava” korxonasi bosh muhandisi, 1965 yilda tug‘ilgan A.Q. uyi oldida o‘zaro janjal oqibatida Muqimiy ko‘chasi 88-uyda yashovchi, “Olmos global” MChJ ishchisi, 1994 yilda tavallud topgan B.B.ning qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada B.B. kasalxonaga yotqizilgan. A.Q. ushlangan.

Top