Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida «Qabristonlarni saqlash» bo‘limi boshlig‘i qo‘lga olindi
Dafn marosimlarini o‘tkazish xizmati ko‘rsatishga ruxsat berishi evaziga tadbirkordan 2000 dollar talab qilgan bo‘lim boshlig‘i ushlandi.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Olmaliq shahar bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, Toshkent viloyati obodonlashtirish bosh boshqarmasi “Qabristonlarni saqlash” bo‘limi boshlig‘i J.A. tadbirkor I.T.dan dafn marosimlarini o‘tkazish xizmatini ko‘rsatishga ruxsat berishi evaziga 2000 AQSh dollari talab qilib, shundan 200 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, yana 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:04 / 23.03.2026
Olmaliqdagi 3-mis boyitish fabrikasi dunyodagi yirik korxonalar qatoridan joy oldi
14:34 / 16.03.2026
Olmaliqda 3-mis boyitish fabrikasining birinchi navbati ishga tushirildi
13:14 / 10.02.2026
Olmaliqdagi maktabda 10-sinf o‘quvchisi vafot etdi
12:40 / 22.01.2026