Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada Islom Karimovga haykal o‘rnatish masalasi referendumga qo‘yilishi mumkin
Moskvada Yakimanka munitsipal okrugi deputatlari o‘z qarori bilan prezidentlik saylovlari kuniga referendumni belgilashdi. Deputatlar Vladimir Leninning haykalini Kalujskaya maydonidan “Muzeon” bog‘iga ko‘chirish, O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovga haykal va uning nomi bilan atalgan xiyobonda favvora o‘rnatish masalasi bo‘yicha so‘rov o‘tkazishni mo‘ljallashgan.
Yakimanki munitsipal okrugi deputatlari mahalliy referendumni 18 martga belgilashdi.
Deputatlar birdaniga olti masalani muhokamaga qo‘yish taklifi bilan chiqishdi. Ular orasida O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovga Bolshaya Polyankada, uning nomi bilan atalgan xiyobonda haykal o‘rnatish g‘oyasi haqida fikrlarni o‘rganish ham bor. Yana bir masala ushbu xiyobonda favvoraning o‘rnatilishiga aloqador.
«Islom Karimovga haykal masalasi bilan kengash tashkil etilganidan beri shug‘ullanmoqda», - deya aytib o‘tdi munitsipal okrug rahbari Andrey Morev. «Hujjatlarni o‘rganganimizda, deputatlarning avvalgi chaqirig‘i haykalni o‘rnatishni ma'qullagani, ko‘plab fuqarolar esa bunga qarshi chiqqanini aniqladik. Biz ushbu masala bo‘yicha meriyaga bir necha marta murojaat qildik, biroq u yerda haykal qolishini aytishdi, shuning uchun fuqarolar fikrini o‘rganishdan boshqa imkonimiz qolmadi».
Mavzuga oid
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
09:20 / 04.07.2026
Moskva harbiy sudi Simonyanga suiqasd ishi bo‘yicha hukm chiqardi
18:15 / 29.06.2026
Karimovga haykal o‘rnatgan bo‘lardim, uning yopiq siyosati qirg‘iz va qozoqlarga imkoniyat yaratdi - Asqar Akayev
08:51 / 19.06.2026