Iroqda amerikalik harbiylar xatosi tufayli 7 politsiyachi halok bo‘ldi
Iroqning Al-Anbar viloyatidagi Al-Bag‘dodiy tumanida amerikalik harbiylar vertolyotdan mahalliy xavfsizlik kuchlari avtomobillarini xato tarzda o‘qqa tutishdi. Oqibatda 7 kishi halok bo‘lgan, 11 kishi yaralangan. Bu haqda “As-Sumariya” telekanali xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, o‘qqa tutilganlar orasida mahalliy qabilaning shayxi bilan uchrashuvga ketayotgan mahalliy politsiya hamda ma'muriyat rahbarlari bo‘lgan.
Iroqning aksilterrorchilik kuchlari qo‘mondonligining ma'lum qilishicha, o‘sha hududda terrorchini tutish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazilgan. Bu operatsiyani havodan xalqaro koalitsiya kuchlari qo‘llab-quvvatlagan. Operatsiya yakunlanganda qo‘shni uydan harbiylarga granata uloqtirilgan, shundan keyin jang chiqqan.
Harbiylar ortga qaytayotganlarida vertolyotlardan “bu hududda bo‘lishi kelishilmagan” qurollangan odamlar to‘planib turganini ko‘rib, ularni o‘qqa tutishgan.
“Qo‘mondonlik bo‘lib o‘tgan voqeani tergov qilishni buyurdi”, deb aytilgan xabarda.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
11:30 / 21.12.2024
Qo‘rqmas jangchi – Saddam Husaynning nabirasi amerikalik askarlarga qarshi qanday jang qilgandi?
09:20 / 31.10.2024
Iroq o‘z havo hududi Isroil tomonidan buzilgani yuzasidan BMTga shikoyat qildi
12:10 / 28.10.2024